Z. M. Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijonda tug`ildi. Otasi Temuriyzoda Umarshayx Farg`ona viloyatining hukmdori edi Onasi Qutlug`nigorxonim Toshkent hokimiYunusxonning qizi edi


Download 35.5 Kb.
Sana16.02.2023
Hajmi35.5 Kb.
#1204308
Bog'liq
Zahiriddin Muha-WPS Office


Zahiriddin Muhammad Boburni xotirlab” deb nomlangan tadbir ishlanmasi
1-o’quvchi
Navobaxsh elimning navobaxshi siz,
Ta’rifingiz qilmoqqa ojizman hazrat
Avlodingiz bizlar duo qilamiz.
Ijodingiz gulshani turfa gullari
Yillar adog`ida balq urar albat.
2-o`quvchi
Bu aziz yurtimning aziz o`g`loni,
Shoirsiz, nosirsiz buyuk sarkarda.
Ohla chekib charxning jafolaridan
Ko`nglingiz shod bo`lmadi o`zga yurtlarda.
Bu turkiy dunyoni birlashtiray deb
Umringiz o`tdiku jangu-xatarda
3-o`quvchi
Ul zamondan topolmay tole’ingizni,
G`urbat g`amin to`kdingiz zebu-zabarda.
Ruhingiz qo`llasin bizlarni doim,
Xalqingiz duosi har tong saharda.
1-boshlovchi
Bobolar kalomi tilimda doim,
Sen uchun yuragim qo`limda doim.
Sog`inganman yurgan yo`limda doim,
Vatan yagonasan dilimda doim.
2-boshlovchi
Bu yorug` olamning jannatlari bor,
Vatandan bo`lagin minnatlari bor.
Joningga jonimning payvandlari bor
Vatan yagonasan dilimda doim.
Assalomu alaykum hurmatli ustozlar, davramizga tashrif buyurgan qadrli mehmonlar.
“Zahirriddin Muhammad Boburni xotirlab” deb nomlangan tadbirimizni ochiq deb e`lon qilamiz.
1-boshlovchi
Bugun bu yerda to`planishimizdan maqsad, buyuk shoirimiz she’riyat daholaridan biri bo`lmish Zahirriddin Muhammad Bobur ruhini bir zumgina bo`lsada shod etib, xayolan bo`lsada Bobur yaratgan sheriyat bog`lari aro sayr aylab, bir zumgina bo`lsa-da, Bobur ijod qilgan nazmiy asarlar asosida siz azizlar ila muloqotda bo`lishdir. Endigi navbat bobomiz hayoti va ijodi haqidagi ma`lumotlarga.
Ma`lumotlar
Z. M. Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijonda tug`ildi. Otasi Temuriyzoda Umarshayx Farg`ona viloyatining hukmdori edi Onasi Qutlug`nigorxonim Toshkent hokimiYunusxonning qizi edi.
U go`zal g`azallar yozdi. Ko`rgan, kechirgan voqealarini haqida ,,Boburnoma« asarini yozib qoldirdi. Uning qalbi musiqaga oshno edi. U sozni go’zal chalgan. Ajoyib musiqalar yaratgan. Musiqa haqida «Musiqa ilmi» nomli ilmiy kitob yozgan.
Bobur ruboiylari har jihatdan to`kis, mukammal she’riy asarlardir. Ularda Bobur hayotining manzaralari aks etadi.
U 1530 –yil 26-dekabrda Agrada vafot etdi. Keyinchalik uning xoki vasiyatiga muvofiq Kobulga ko`chirildi.5.Bo’lajak shoir 12-yoshda edi. Otasi bevaqt vafot etib, Farg`ona hokimligi uning zimmasiga tushdi. 15-yoshida bobomeros Samarqandni zabt etadi.16-yoshida bu azim shaharni tashlab chiqishga majbur bo’ladi.
1503-yilda Amudaryoni kechib Xurosonga o`tdi. Kobul va G`aznani qo`lga kiritdi. So`ng 1526-yilda esa Hindistonni zabt etib katta saltanat o`rnatdi.U o`z adolati va jasorati bilan hind xalqi qalbidan joy oldi, ularning mehrini qozondi.
Boburning avlodlari hind diyorida 300-yildan ortiqroq hukmronlik qilgan.
Bobur she`ri
Asli naslim so`rasangiz,
Men o`zbek farzandiman.
Farg`onaning bo`lagi,
Andijon farzadiman.
Amir temur bobakalonim,
Umarshayx padari buzrukvorim.
Toshkent xoni chin Yunusxonim,
Qutlug`Nigor tadbirkorim onam.
Andijonda tug`ildim, o`sdim,
Hindistonda bog`lar yaratdim,
Mussavirlar bo`lishdi do`stim
Vatan deya qalam tebratdim.
O’n ikkida shoh bo`ldim,
Sahroyu tog`lar oshdim.
Andijonu Samarqand
Yo`llarida adashdim
Goh quvondim o`rtandim.
Gohida yondim shoshdim
Men Zahiriddin Muhammad Bobur.
Bir qo`limda qalam-u
Birida qilich tutdim.
Urushdim mag`lub bo`ldim,
Yutdimu g`azal bitdim.
Yurtim deya sarg`aydim,
Bu yo`lda gado bo`ldim
Men Zahiriddin Muhammad Bobur.
Boshlovchilar
Bobur Mirzo umrining yarmini ona yurtdan uzoqda Hindistonda o`tkazgan. Hindlar Bobur Mirzoni juda hurmat qilar edilar. Bobur Mirzo Hindiston va Qobulda ko`plab bog`lar yaratgan. Xo`sh siz ularning qaysilarini bilasiz?
Qobulda ,,Bog`i nur`, ,,Bog`I behisht «,” Chorbog”, Hindistonda,,Zarafshon bog«, ,,Bog`i safo« kabi bog`larni yaratgan.
To`g`ri Qobulda va Hindistonda shunday ajoyib bog`lar yaratgan.Dunyoga mashhur Tojmahalni ham Bobur avlodlari qurdirgan.
Bobur g’azallaridan aytiladi.
Boshlovchilar
Bobur shoirlarning shohi shohlarning shoiridir. Jahon adabiyotining yirik namoyondasi .Javohirlal Neru Boburga shunday ta`rif bergan.
Bobur dunyoni hayratga solgan yirik davlat arbobi , mohir sarkarda, donishmand, tarixchi,zakovatli olim va tarjimondir.
1.Hozirgi sahna ko`rinishi orqali bobomizning nechog`liq topqirliklarini anglab olamiz.
Sahna ko`rinishi (Bobur va kabutar)
Boshlovchi
Endi tengdoshlarimiz Bobur Mirzo ruboiylaridan namunalar aytadilar.
1.Tole yo`q jonimg’a balolig` bo`ldi,
Har ishniki ayladim xatolig’ bo`ldi.
O`z yerni qo`yib Hind sori yuzlandim,
Yo rab netayin, ne yuz qarolig’ bo`ldi.
2.Kim bor anga ilm tolibi ilm kerak,
O`rgangani ilm tolibi ilm kerak.
Men tolibi ilm-u tolibi ilme yo`q
Men bormen ilm-tolibi ilm kerak.
3.Shod etmas emish kishini g`urbatda kishi,
Yod etmas emish ko`ngilni mehnatda kishi.
Ko`nglim bu g`ariblikdan shod bo`lmadi oh,
G`urbatda sevinmas albatda kishi.
Ko`pdin berkim yoru diyorim yo`qdir,
Bir lahzayu bir nafas qarorim yo`qdir.
Keldim bu sari o`z ixtiyorim birla
Lekin borurimdan ixtiyorim yo`qdur.
5.Ey oy yuzing oldida quyo`sh sarmanda,
Shirin so`zi yaxshi xulqingga men banda.
Hijronda necha noma bilan so`zlashlaring
Yo sen beri kel, yo men borayin anda.
Hijron qafasida jon qushi dam qiladur.
G`urbat bu aziz umrni kam qiladur.
Ne nav bitay firoqu g`urbat shahrin,
Kim ko`z yoshi nomaning ko`zin nam qiladur.
Beqayd menu xarobi siym emas men,
Ham mol yig`ishtirur laim ermasmen.
Qobulda iqomat etdi Bobur dersiz,
Andoq demangizlarkim muqim ermasmen.
Ey yel borib ahboda nomini degil
Har kim meni bilsa ham paymonimni degil.
Mendin demagin gar unitilgan bo`lsam
Har kimki meni so`rsa salomimni degil.
9.Jismida isitma kunda mahkam bo`ladur.
Ko`zdin uchadir uyqu chu oqshom bo`ladur.
Har ikkalasi g`anim birla sabrimdek,
Borg`on sari ortadur ul kam bo`ladur.
Yo qahr-u g`azab birla meni tufroq qil
Yo bahri inoyatingda mustag`roq qil
Yo rab ,sendadur yuzim qaro gar oq qil
Har nav, sening rizong erur andoq qil.
Boburning she`ri
Ey sevimli aziz avlodim,
Bog` yaratdim hamda betakror.
Boburnoma mendanda yodgor,
Tanim qolur hind tuprog’ida.
G`azalimga kuylar bastalang
Jonim chiqar qalbimda dodim,
Ruhim uchun sokinlik tilang.
Boshiovchi
Boshiovchi
Mana bobomizning so`nggi so`zlaridan bilib oldikki, u kishi o`zning g`azallarini el orasida kuylanishini juda xohlaganlar. O`zbekiston xalq artisti O.Nazarbekov bobomizning “Binafsha” nomli g’azalini yangicha talqinda juda zo`r mahorat bilan ijro etganlar. Hozir shu g`azalni e`tiboringizga hovola etamiz….
Raqs “ Binafsha”
1-boshlovchi
Buyuk bobokalonimiz shoh va shoir Bobur Mirzo bir umr Vatan ishqida kuyib, yonib, o`rtanib yashadi. Shunday ekan biz yoshlar bu jannatmakon Vatanimizning qadriga yetib, berilgan imkoniyatlardan foydalanib, osoyishta hayot kechiraylik.
2- boshlovchi
Vatanni sotishga, bir qarich yerini bo`lsada begonalarga berishga hech kimning haqqi yo`q, chunki Amir Temur, Mirzo Ulug`bek, Alisher Navoiy, Ibn Sino,Mirzo Bobur kabi buyuk shaxslarni voyaga yetkazgan, bu ona zaminda ajdodlarimizning va tug`ilajak kelajak avlodni ham haqlari bordir.
1-boshlovchi
Kelinglar aziz tengdoshlar,biz ham buyuk bobokalonlarimizga izdosh bo`lib, elim deb yurtim deb yonib yashaylik. Muhtaram yurtboshimizning ishonchlarini oqlaylik.
Anda jon qoldi
Andijon shahridan uchib bir yulduz,
Hindiston tojiga gavhardek qo`ndi.
Otash yuragida aylanar bir so`z,
Anda jon qoldi-ki, anda jon qoldi.
Xalqing buyuk o`g`ling, buyuk sholi o`g`ling,
Boburning qalbida bir armon qoldi.
Nolasi kuydurar to abad bag`ring,
Anda jon qoldi-ki, anda jon qoldi.
Dunyo charxpalagi tinmay aylanar,
Talato`p zamonlar o’taveradi.
Asrlar qa’ridan bir so`z ingranar,
Anda jon qoldi-ki, anda jon qoldi
Download 35.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling