Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti


Download 98.61 Kb.
bet10/12
Sana18.06.2023
Hajmi98.61 Kb.
#1596985
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
HasanGaniev

x = SonlarMassivi[0]; // ya’ni x = 3 bo’ldi
SonlarMassivi[0] = SonlarMassivi[1]; // SonlarMassivi[0] = 2 bo’ldi
SonlarMassivi[1] = x; // SonlarMassivi[1] = 3 bo’ldi
Natijada biz kiritgan massiv { 3, 2, 1 } ko’rinishdan { 2, 3, 1 } ko’rinishga o’tdi
6-qadam: O’zgaruvchi j ning qiymatiga 1 ni qo’shamiz; natijada j = 2 bo’ladi.
7-qadam: Endi j < N shartni tekshiramiz, o’zgaruvchilarning joriy qiymatlarini qo’ysak, bu shart 2 < 3 bo’ladi, ya’ni to’g’ri; demak 5-qadamga o’tamiz.
5-qadam: SonlarMassivi[i] > SonlarMassivi[j], ya’ni
SonlarMassivi[0] > SonlarMassivi[2] shartni tekshiramiz; bu shartga massiv elementlari quiymatlarini qo’ysak, 2 > 1 bo’ladi, ya’ni bu shart to’g’ridir; shu bois quyidagilarni bajaramiz:
x = SonlarMassivi[0]; // ya’ni x = 2 bo’ldi
SonlarMassivi[0] = SonlarMassivi[2]; // SonlarMassivi[0] = 1 bo’ldi
SonlarMassivi[2] = x; // SonlarMassivi[2] = 2 bo’ldi
Natijada biz kiritgan massiv { 2, 3, 1 }ko’rinishdan { 1, 3, 2 } ko’rinishga o’tdi, ya’ni eng kichik element birinchi o’ringa (talab qilingan o’ringa) o’tdi.
6-qadam: O’zgaruvchi j ning qiymatiga 1 ni qo’shamiz; natijada j = 3 bo’ladi.
7-qadam: Endi j < N shartni tekshiramiz, o’zgaruvchilarning joriy qiymatlarini qo’ysak, bu shart 3 < 3 bo’ladi, ya’ni noto’g’ri; demak, 5-qadamga emas, keyingi – 8-qadamga o’tamiz.
8-qadam: O’zgaruvchi i ning qiymatiga 1 qo’shamiz; endi i = 1 bo’ladi, chunki oldingi qiymati 0 edi.
9-qadam: Endi i < N – 1 shartni tekshiramiz; o’zgaruvchilarning qiymatlarini qo’ysak, bu shart 1 < 3 – 1, ya’ni 1 < 2 bo’ladi; shart bajarilyapti, demak, 4-qadamga o’tamiz.
4-qadam: Endi j ga i + 1 qiymatni beramiz: j = i +1 = 1 + 1 = 2, ya’ni endi j = 2 bo’ldi.

Download 98.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling