Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti


Label elementini formaga joylaymiz va uning Text


Download 98.61 Kb.
bet5/12
Sana18.06.2023
Hajmi98.61 Kb.
#1596985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
HasanGaniev

Label elementini formaga joylaymiz va uning Text xossasini Masalaning sharti (berilishi): deb o’zgartiramiz.

  • Qo’yilgan Label elementi tagiga PictureBox elementini qo’yamiz va unga oldindan tayyorlab qo’ygan birinchi masalamizning rasm ko’rinishini (jpeg rusumidagi faylni , masalan) joylashtiramiz, bu elementining o’lchamlarini sichqoncha orqali rasm o’lchamiga moslashtiramiz.

  • Yana Label elementini olib formaga qo’yamiz, uning Text xossasini a: deb o’zgartiramiz va o’lchamini ham yaxshiroq ko’rinishga ega bo’ladigan qilib, o’zimiz istagan shaklga keltiramiz. Bu a: ning o’ng tomoniga TextBox elementini joylashtiramiz, bu – a ning qiymatini kiritish maydoni bo’ladi. SharpDevelop muhiti bu TextBox elementiga avtomatik tarzda textBox1 degan nomni beradi, biz Properties oynasiga o’tib, Design bo’limini ochib, undagi (Name) degan satr qarshisida turgan bu nomni (ya’ni textBox1 ni) textBox_a ga o’zgartirib qo’yamiz. Natijada a ning qiymatini foydalanuvchi kirita olishi uchun joy hozirlangan bo’ladi.
    Huddi shu ishni qiymatlari foydalanuvchi tomonidan kiritiladigan b, c, u, v, w parametrlar uchun amalga oshiramiz. Natijada loyihamizda a, b, c, u, v, w parametrlarning qiymatlarini kiritish uchun textBox_a, textBox_b, textBox_c, textBox_u, textBox_v, textBox_w degan 6 ta maydon hosil bo’ladi.

  • Shundan so’ng joriy formamizga berilgan funktsiyaning qiymatlarini hisoblash tugmasini joylashtiramiz. Buning uchun Button elementini Tools oynasidan olib (sichqoncha yordamida) formaga qo’yamiz, yuqoridagi qo’yilgan elementlar tagiga. Keyin uning nomini Funktsiya qiymatlarini hisoblash deb o’zgartirib qo’yamiz. Bu tugmani qo’yishdan maqsad – shu tugmani foydalanuvchi bosganida funktsiyaning qiymatlari hisoblanib, tegishli maydonga natijalar yozilishini tashkil qilishdir.

  • Endi formaga so’nggi elementni – funktsiyamizning qiymatlarini chiqarish maydonini kiritamiz. Buni turli elementlarga chiqarish mumkin. Biz Tools oynasidan ListBox elementini olib, formadagi Funktsiya qiymatlarini hisoblash tugmasidan o’ng tomonga joylaymiz. SharpDevelop muhiti unga listBox1 deb nom berib qo’ygan bo’ladi, biz bu nomni o’zgarishsiz qoldiramiz, chunki bu formamizdagi shu toifaga mansub yagona elementdir, shu bois uni o’zgartirishning hojati yo’q. Faqat uning o’lchamini sichqoncha yordamida tegishli nuqtalaridan tortib, yetarlicha kattaytirib qo’yganimiz ma’qul, hisoblash natijalari ko’proq sig’ishi uchun.

    Bu ishlarni bajarib bo’lganimizdan so’ng, biz o’z loyihamizning quyidagi formasini shakllantirgan bo’lamiz:



    Download 98.61 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling