Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti


Uchinchi masala formasini shakllantirish va masalani hal qilish


Download 98.61 Kb.
bet8/12
Sana18.06.2023
Hajmi98.61 Kb.
#1596985
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
HasanGaniev

4. Uchinchi masala formasini shakllantirish va masalani hal qilish

4.1. Uchinchi masala uchun formani (oynani) shakllantirish
Endi uchinchi masala uchun ham loyihamizga yangi forma qo’shamiz. Birinchi va ikkinchi masala uchun formani qanday tartibda (ya’ni qanday usulda) yaratgan bo’lsak, uchinchi masala uchun ham shu usuldan foydalanishimiz mumkin. Birinchi masala uchun formani shakllantirish yetarlicha batafsil ko’rib chiqilgani bois, uchinchi masala formasini yaratish tafsilotlariga to’xtalib o’tirmaymiz, formaning oxirgi ko’rinishini keltirish bilan kifoyalanamiz (yana bir jixatni namoyish etish maqsadida, bu gal formga qo’yilgan elementlar ustidagi yozuvlar rangini elementning ForeColor xossasi qiymatini o’zgartirish orqali har xil qilib belgilab qo’ydik):

Aytish kerakki, foydalanuvchi massivning elementlariga qiymatlar kiritishida qanday ish tutishi kerakligi qizil harfalar bilan tushuntirib yozilgan. Massiv shu qizil rangdagi yozuv tagidagi maydonga haqiqiy sonlarning butun qismini kasr qismidan vergul bilan ajratib, sonlar esa bir-biridan bitta probel bilan ajratib kiritiladi.
Shuningdek, Massiv elementlarini kamaymaydigan tartibga keltirish va chiqarish tugmasi bosilganida, massivdagi kiritilgan elementlar miqdori va natija (ya’ni kamaymaydigan tartibga keltirilgan massiv) tegishli maydonlarga chiqariladi.
4.2. Uchinchi masalani yechishning algoritmi
Endi massiv elementlarini kamaymaydigan tartibga keltiruvchi algoritmni tuzib, masalani qanday hal qilinishini batafsil o’rganib olaylik. Bu gal masalani hal qilish algoritmini blok-sxema shaklida emas, qadamlar shaklida ifoda etamiz.
Berilgan sonlar massivini kamaymaydigan tartibga keltirish algoritmi:
1-qadam. Berilgan (kamida 2 ta) haqiqiy sonlar SonlarMassivi deb nomlangan massivga kiritilsin.
2-qadam. SonlarMassivi ga kiritilgan sonlar miqdori, ya’ni SonlarMassivi ning hajmi topilsin va bu butun qiymat N o’zgaruvchida saqlansin.
3-qadam. Butun toifa o’zgaruvchi i ga 0 qiymat berilsin: i = 0.
4-qadam. Butun toifa o’zgaruvchi j ga i + 1 qiymat berilsin: j = i + 1.
5-qadam. Agar SonlarMassivi[i] > SonlarMassivi[j] bo’lsa, u holda mazkur massiv elementlarining o’rinlari quyidagicha almashtirilsin:

Download 98.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling