Birinchi masalani hal qilish
Ikkinchi masalani hal qilish
Uchinchi masalani hal qilish
Bu amallarimiz natijasida quytidagi formaga ega bo’lamiz:
Hal qilinishi lozim bo’lgan masalalarning ko’rinishini (berilishini) ham mazkur oynaga joylashtirish maqsadida yuqorida formaga qo’yilgan uchta tugmani chapga surib, formaning o’ng tomonidan kattaroq joy ajratamiz. Biz avvaldan tayyorlab qo’ygan ushbu rasmni shu joyga qo’ymoqchimiz:
Buning uchun sichqoncha yordamida Tools oynasidan PictureBox elementini tanlab, formaning o’ng tomoniga joylashtiramiz. Natijada SharpDevelop dasturlash muhiti pictureBox1 deb nomlangan rasm qo’yish elementini formaga joylaydi. Mazkur pictureBox1 elementi tanlangan holda turganida uning Image xossasi maydonida yuqoridagi rasmimiz manzilini ko’rsatamiz, sichqoncha orqali tegishli papkani ochish va tegishli faylni ko’rsatish orqali. Agar yuqoridagi rasm pictureBox1 ning joriy o’lchamlariga sig’magani uchun faqat bir qismi ko’rinayoitgan bo’lsa, biz pictureBox1ni PictureBox Tasks menyusidan Size Mode hossasini StretchImagega o’zgaritamiz. Natijada ilovamizning bosh formasi ushbu shaklga keladi:
Ko’rib turibmizki, ilovamizning bu bosh formasi borgan sari o’zida ko’proq ma’lumotlarni aks ettirmoqda. Endi Tools oynasidan Label elementini tanlab, formamizdagi rasmning tepa qismiga joylashtiramiz va uning Text xossasi qiymatini quyidagiga o’zgartiramiz:
Hal qilinishi lozim masalalar
Keyin bu Label elementining Font deb nomlangan xossalar guruxini ochib (u Properties oynasida bor) Size maydoniga kattaroq butun son, masalan 18, yozish orqali Label elementi yozuvini kattalashtiramiz, keyin Bold xossasi maydonidagi false qiymatni true ga o’zgartirish orqali bu yozuvni semiz (qalin) qilib qo’yamiz.
Huddi shunday tartibda biz ishimizning boshida formaga qo’yga uchta tugmamiz yozuvlarini kattaytirib va qalinlashtirib qo’yamiz.
Natijada biz o’zimiz yaratayotgan ilova bosh oynasining quyidagi oxirgi ko’rinishiga ega bo’lamiz:
Endi biz bu oyna chap tomonida joylashgan
Do'stlaringiz bilan baham: |