1 turkum: umumiy bo’lib, o’qish muddati ikki yil davom etadi.
2 turkum: O’qish bir yil davom etadi. Talabalar uni magistr darajasi bilan yakunlaydi.
3 turkum: O’qish bir-ikki yil davom etadi.
Fransiyada oliy ma‘lumot beruvchi va ixtisos beruvchi oliy texnologik institutlar mingdan ortiq. Ular odatda sanoat, maishiy xizmatlar ko’rsatish, informatika mutaxassisliklarga ixtisoslashgan. O’qish muddati ikki yil hisoblanadi. Bundan tashqari sakkiz haftalik ishlab chiqarish amaliyoti ham mavjud.
Raqamlarga qaraydigan bo’lsak, Fransiya oliy ta‘limi nihoyatda jozibador. Mamlakatda yashaydigan yoshlarning 2 millioni Fransiya oliy ta‘lim muassasalarida tahsil oladi. Bu esa umumiy talabalarning uchdan ikki qismini tashkil etadi. Talabalarning 16,6 foizi ikki yillik muxandislik kursida “BTS” (Bretvetdet erhnicien supor: eur) yoki DUT (diplome uninversitaire de ternologie) diplomlariga ega bo’ladilar, qolganlari esa biznes va menejment sohasini tashkil qiladi.
Ko’pgina xorijlik talabalar Fransiyaga Osiyo, Afrika va Amerikadan kelib o’qishadi Yevropa va Amerikadan kelgan ko’pgina talabalar gumanitar fanlar bo’yicha tahsil oladilar. Fransiya jahon talabalarini jalb etish uchun oliy o’quv yurtlari ko’rgazmalarini uyushtirib turadi. Ayniqsa, jahon talabalarini Fransiya oliy ta‘lim maktablarining kam harjligi qiziqtirmoqda. Lekin eng muhimi shundaki, xorijlik talabalar oliy o’quv muassasalariga sinov va imtihonlarsiz qabul qilinadi. Fransiya universitetlariga o’rta maktabni bitirib kirish mumkin, ammo o’rta ta‘lim attestatidan tashqari fransuz tilini mukammal bilish haqidagi diplom, ya‘ni DELE/DALF sertifikatlari bo’lishi lozim. O’rta maktab attestati baholari esa qaysi yo’nalishda o’qishingizni belgilab beradi. Fransiyaga o’qishga kelgan talabalar uchun yana bir imkoniyat bor, bu Fransiya hukumati tarafidan yashash va uy-joy harajatlarini to’lashga yordam berish, ya‘ni harajatlarning 20 foizidan 40 foizgacha to’lanishidir.
Fransiya universitetlaridagi o’quv jarayoni uch bosqich jarayonga bo’lingan, har biri yakuniy imtihon topshirish va diplom olish bilan yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |