Bumerang texnologiyasi – yangi mavzuni o‘rganishda, darsdan tashqarida qo‘shimcha manbaalar, matnlar, adabiyotlar bilan ishlaganda qo‘llaniladigan texnologiyalardan biri bo‘lib, bu texnologiya o‘quvchining mustaqil bilim egallashini va o‘rganganlarini boshqa o‘quvchilarga o‘rgatishga asoslanadi.
Vizual ma’ruza – bu ko‘rgazmali ma’ruzadir.
Gimnaziya – O‘zbekiston va ayrim xorijiy mamlakatlarda umumiy o‘rta ta’lim o‘quv yurti. Gimnaziyalar muayyan fanlar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bo‘lib, shu fandan chuqurlashtirilgan ta’lim beradi.
Davlat grantlari – talabalarning o‘qishi uchun zarur bo‘lgan xujjatlarni davlat o‘z zimmasiga olishimkoniyati.
Dayjest – ilmiy, ilmiy-uslubiy, o‘quv davriy adabiyotlar, xukumat va turli tashkilotlar faoliyatiga tegishli qonunlar,qarorlar, nizomlar mazmunining qisqacha bayoni va sharhikeltirilgan sohalarga oid ma’lumotlar to‘plami sifatida foydalaniladigan doimiy nashr.
Dasturlashtirilgan ta’lim – o‘quv jarayonini muayyan tartib asosida tashkil etish.
Didaktika – pedagogikaning ta’lim va o‘qitish nazariyasini ishlab chiqadigan tarmog‘i.
Do'stlaringiz bilan baham: |