Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi biologiya yo`nalishi 304– guruh talabasi


II BOB. TIBBIYOT GENETIKASINING ISTIQBOLLARI VA O’RGANILISHI KERAK BO’LGAN MUAMMOLAR


Download 50.18 Kb.
bet4/5
Sana06.02.2023
Hajmi50.18 Kb.
#1170973
1   2   3   4   5
Bog'liq
TIBBIYOTI SOXASIDAGI YUTUQLAR, MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLARI HAQIDA.

II BOB. TIBBIYOT GENETIKASINING ISTIQBOLLARI VA O’RGANILISHI KERAK BO’LGAN MUAMMOLAR
2.1 Tibbiyot genetikasining taqiqot usullari
Tibbiyot genetikasi antropogenetikaning tarkibiy qismi bo‘lib, odamlarda turli irsiy kasalliklarning paydo bo‘lish sabablarini, irsiylanish qonuniyatlarini, ulami diagnostika qilish va davolash yo‘llarini o‘rganish uning predmeti hisoblanadi. Tibbiyot genetikasining ahamiyati, ayniqsa, insoniyat tarixining hozirgi davrida beqiyos ortib bormoqda. Chunki Yer sharida ekologik muhitning keskin yomonlashayotgani va undagi fizik va kimyoviy mutagen omillarining barcha organizmlarga, xususan, odam nasliga ham o‘ta salbiy ta’sir etayotganligi tufayli ularda irsiy kasalliklar ko‘payib bormoqda.
Tibbiyot genetikasining asosiy vazifasi odamlarda uchraydigan irsiy kasalliklarning irsiylanish tabiatini, populatsiyalar doirasida tarqalishini o‘rganish, kasalliklami aniqlash va davolashdir. Shuningdek, irsiy kasalliklami keltirib chiqaruvchi manba - mutatsiyalami ham o‘rganish, insoniyat avlodini ko‘plab xastaliklardan xolis etishlik uchun odam evolutsiyasining keyingi yo‘nalishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi kabi masalalar ham muhim vazifalar qatoriga kiradi.
Tibbiyot genetikasida odamlarda uchraydigan irsiy kasalliklami o‘rganishda odam genetikasini tadqiq qilishda qo‘llaniladigan metod- lardan tibbiyot amaliyotiga moslashtirilgan holda foydalaniladi. Bu metodlar ichida yetakchi o‘rinni sitogenetik metod egallaydi. Odamlarda uchraydigan irsiy kasalliklar kelib chiqishiga qarab asosan ikki guruhga bo‘linadi:
1) Xromosoma mutatsiyalari tufayli paydo boTadigan irsiy kasalliklar. Ular xromosoma kasalliklari deb yuritiladi.
2) Gen mutatsiyalari tufayli paydo bo‘ladigan irsiy kasalliklar. Ular gen kasalliklari deb ataladi.
Tibbiyot genetikasida yuqorida qayd etilgan sitogenetik metodni samarali qo‘llash natijasida odamda xromosomalar sonining hamda ular tuzilishining o‘zgarishlari bilan bog‘liq anchagina irsiy kasalliklar aniqlandi. Odam kariotipidagi ayrim juft - gomologik xromosomalar sonining o'zgarishi (ortishi yoki kamayishi) - ya’ni geteroploidiya natijasida paydo bo‘ladigan irsiy kasalliklar mavjud. Juft gomologik xromosomalar sonining o‘zgarishi ham autosomalar (jinsiy bo‘lmagan xromosomalar) da, ham jinsiy xromosomalarda sodir bo‘ladi. Agarda har qaysi xromosomada joylashgan genlar sonining ko‘pligini e’tiborga olsak, xromosomalar sonining kamayishi undagi hamma genlaming inson genotipidan chetlantirilganiga guvoh bo‘lamiz. Binobarin, genlar ta’sirida rivojlanishi mumkin bo‘lgan belgilar ham ontogenezda namoyon bo‘lmaydi. Agar xromosomalar soni ortsa, aksincha, ular tarkibidagi genlar soni ham ko‘payadi. Buning oqibatida organizmda kuchli g‘ayritabiiy o‘zgarishlar (anomaliyalar), jumladan, kasalliklar paydo bo‘ladi.
Genetika sohasida odam irsiyatini o‘rganish juda tez rivojlanib bormoqda. Odam genetikasi fani — uning morfologiyasi, fiziologiyasi, biokimyosi bilan bir qatorda zamonaviy tibbiyot fanining nazariy poydevorini tashkil qiladi. U odamlarda bo‘ladigan irsiy o‘zgarishlarni, hayotning molekular-genetik, hujayra, organizm, populatsiya darajasida tadqiq qiladi. Bu fan o‘z naza- riyalarini evolutsion ta’limot, biogenetik qonun, ontogenez kabi biologik qonuniyatlar bilan bog‘lab tushuntiradi.
Tibbiyot genetikasi, odam genetikasi fanining bir bo‘limi bo‘lib, insonlarda yuzaga keladigan irsiy o‘zgarishlarni, nasldan naslga o‘tadigan irsiy kasalliklarning qonuniyatlarini patologiya nuqtayi nazaridan tadqiq etadi. Tibbiyot genetikasining asosiy qismini klinik genetika tashkil qiladi. U irsiy kasalliklarning etiolo- giyasini, patogenezini, klinikasini, diagnostikasini, oldini olish va davolash yo‘llarini o‘rganadi. Tibbiyot genetikasining vazifasi — irsiy kasalliklarga moyillik tug‘diradigan muhitini aniqlash, atrof- muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy-gigiyena sharoitlarini yaxshilash, bunday kasalliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
Hozirgi vaqtda tibbiyot genetikasi juda tez rivojlanib borayotgan fanlar qatoriga kirib, quyidagi yo‘nalishlarga ega: immunogenetika — immunitet reaksiyalarining amalga oshishida irsiyatning ahamiyatini o‘rganadi; farmokologik genetika — turli dorilarni odam organizmiga ko‘rsatadigan ta’sirini o‘rganadi; demografik genetika — odam- lardagi ayrim belgi, xossalarning jahon aholisi orasida qanday tarqalishini aniqlash bilan shug‘ullanadi; klinik genetika — irsiy kasalliklarning etiologiyasi, patogenezi va klinikasini o‘rganadi; ekogenetika — tashqi muhit omillarini insonlarga ta’sirini o‘rganadi.
Yuz yillik rivojlanish tarixiga ega bo‘lgan odam genetikasi fanining asosiy qoidalarini har bir malakali tibbiyot xodimi bilishi lozim:
irsiy kasalliklar, odamning umumiy irsiy o‘zgaruvchanligi- ning bir qismi hisoblanadi. Normadagi irsiy belgilar va xususiyat- lar bilan o‘zgarishga uchragan irsiy belgilar orasida aniq chegara yo‘q. Bitta genni o‘zida ham neytral, ham patologik mutatsiyaga uchragan qismi bo‘lishi mumkin;
• irsiy belgilar va kasalliklarni yuzaga chiqishida ikki omil ishtirok etadi: irsiyat (genotip) va muhit. Hamma hayotiy jarayon- larda irsiyat va muhit o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik bo‘ladi. Ba’zi bir belgi yoki kasallikni yuzaga chiqishida irsiyat asosiy omil hisob- lansa, ba’zilarida muhit asosiy hisoblanadi. Lekin baribir ikkisi doimo birgalikda ta’sir ko‘rsatadi;
• evolutsiya jarayonida insoniyatda juda ko‘p mutatsiyalar sodir bo‘lgan va ming yillar davomida odam genofondida yig‘ilib borgan. Hozirda ham odamlarda doimiy ravishda mutatsiyalar sodir bo‘lib turadi va odam genofondiga ta’sir qiladi. Tabiiy tanlash natijasida esa, bu mutatsiyalar saqlangan va ko‘paygan yoki butunlay yo‘q bo‘lgan;
• hozirgi zamon odamlarining irsiyatida ikkita asosiy kom- ponent bor. Birinchisi evolutsiya va insonning rivojlanish tarixi jarayonida yig‘ilgan va nasldan naslga o‘tib kelayotgan patologik mutatsiyalar, ikkinchisi yangi hosil bo‘layotgan somatik va jinsiy hujayralardagi o‘zgarishlardir. Hozirda hosil bo‘layotgan yangi o‘zgarishlar mutagen omillar ta’sirida (radiatsiya, kimyoviy vositalar va boshqa omillar) ortib bormoqda;
• insonning yashash tarzi, turmushi, oilani rejalashtirishi ham keskin o‘zgarib bomoqda. Odam evolutsion jarayonida bo‘lmagan yangi tashqi omillar bilan to‘qnash kelayotir. Undan tashqari, ijti- moiy va ekologik tomondan ko‘p qiyinchiliklarga uchrayapti. Bu esa, yangi patologiyalarni rivojlanishiga olib keladi. Aholi o‘rtasida migratsiya jarayonining ko‘payishi, har xil nikohlarni ortishi in- sonlarning genetik strukturasiga ta’sir ko‘rsatmoqda.
Irsiy kasallarning umrini uzayi- shiga, ularning sog‘lig‘ini tiklanishi va sonining populatsiyada orti- shiga olib kelmoqda. Irsiy kasal yoki irsiy kasallikni tashuvchi odam sog‘ odamlar bilan bir qatorda o‘z huquqiga ega. Tibbiyotdagi har bir yangilik, yangi kashfiyot irsiy kasallikka ega bo‘lgan bemorlarni davolash va kasalliklarning oldini olishda yangi imkoniyatlarni ochmoqda.
Genetikani tibbiyotdagi o‘rni va ahamiyati juda kattadir. Birin- chidan, genetika tibbiyotning nazariy poydevori bo‘lib, tibbiyot xodimlarining ongini biologik tomondan kengayishi va chuqurla- shishiga olib keladi. Genetik qoidalar va qonunlarni puxta o‘zlash- tirib organizmni individual rivojlanishini va undagi kasalliklarning kelib chiqish sabablarini to‘g‘ri tushunadi va talqin qiladi. Ikkin- chidan, tibbiyot genetikasi hamma sog‘liqni saqlash tarmoqlariga, klinik fanlarga chuqur kirib bormoqda. Uning yutuqlari bu fanlarni chuqur va har tomonlama puxta o‘rganish hamda o‘zlashtirishga olib keladi.
Gen mutatsiyalari tufayli har bir belgi turli yo'nalishda o‘zgarishga uchraydi. Ma’lumki, odam populatsiyalarida geterozigotali organizmlarda yashirin holda bo‘lgan retsessiv allellar ham turli xil irsiy kasalliklarning rivojlanishiga olib keladi, Populatsiyalarda bo‘ladigan inbriding retsessiv allellarning gomozigota holatga kelish darajalarini oshiradi. Odam populatsiyalari doirasida retsessiv allellar mutatsiyasi tabiiy yoki atrof-muhit omillarining (hozirgi vaqtda, ayniqsa, antropogen omillari) ta’siri ostida vujudga keladi. Odamlarda bo‘ladigan tabiiy mutatsiyalarning takrorlanish chastotalari haqidagi ma’lumotlar haqiqatga birmuncha yaqinroq. Lekin retsessiv mutatsiyalarga nisbatan dominant mutatsiyalarning takrorlanish chastotalarini aniqlash osonroq. Masalan, daniyalik olimlarning dalillariga ko‘ra axondroplaziya dominant mutatsiyasining uchrash chastotasi bir avlod davomida 100000 ta gametaning 4 tasiga to‘g‘ri keladi. Odamlarda kuzatiladigan ba’zi gen mutatsiyalarining takrorlanish chastotalari 12-jadvalda keltirilgan.
Shunday qilib, odamlarda ro‘y beradigan gen mutatsiyalarining asosida turli xil tashqi va ichki omillar ta’sirida DNK (RNK) tarkibidagi nuklcotidlar tartibida yuz beradigan o‘zgarishlar yotadi. Gen mutatsiyalari mutatsion o‘zgaruvchanlikning asosiy qismini tashkil etadi.
Xromosomalar anomaliyalarining kelib chiqish sabablari quyida- gilardan iborat:
1. Odamdagi qarish (yosh ulg‘ayishi) ba’zi kasalliklar hamda jinsiy organlaming shamollashi (yallig'lanishi) tufayli hujayralardagi pH- muhitning kislotalik sharoiti hujayra bo‘linib ko‘payishi jarayonida xromosomalaming ajralmay qolishiga olib keladi.
2. Xromosomalar anomaliyasiga endokrin bezlarining patologiyasi tufayli ulardagi gormonlar faoliyatining o‘zgarishi ham ta’sir qilishi mumkin. Buning natijasida Daun sindromli bolalar tug‘iladi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, endokrin bezlari faoliyatining buzilishi ayniqsa, ayollaming, yoshi ulg‘aya borgan sari kuchayib boradi.
3. Dori-darmon, oziq-ovqat, ichimlik suv, havo orqali odam tanasiga kirib qolgan ekstremal kimyoviy va fizik omillar, shuningdek, narkotik moddalar qabul qilish, ichkilik, chekish kabilar ta’sirida ham xromosomalarda turli anomaliyalar paydo bo‘lishi mumkin.
Daun sindromiga uchragan bolalarning tug‘ilib qolishi ko‘pincha (80 foizga yaqin hollarda) ayollar va (20 foizga yaqin hollarda) erkaklarga bog‘liqligi isbot etilgan. Ilgari bu kasallikning kelib chiqishi 98 foiz holatda ayollarga, aniqrog‘i ularning yoshiga bog‘liq deb hisoblab kelingan. Endilikda, olingan yangi dalillar bu kasallikning farzandlarda paydo bo‘lib qolishligida erkaklaming ham ishtiroki aniqlandi. Erkaklarda 21- autosoma xromosomasi bo‘yicha trisomiyaning vujudga kelishi bu sindromning paydo bo‘lishiga sababchi bo‘la oladi.
2.2 Genlar o'zgarishi bilan bog'iiq irsiy kasalliklar
Odamda ayrim normal genlaming mutatsion o‘zgarishi natijasida paydo boiuvchi irsiy kasalliklar anchagina o‘rganilgan. Odamning autosoma xromosomalarida joylashgan genlaming mutasiyasi oqibatida yuzaga keladigan irsiy kasalliklar jumlasiga quyidagilami kiritish mumkin:
• aniridiya - ko‘z kasalligi, ko‘z gavharining xiralanishi, ko'rish qobiliyatining pasayishi;
° axondroplaziya - pakanalik;
• marfan sindromi - skelet, ko‘z o‘zgarishlari bilan tavsiflanadi, bo‘yi uzun, barmoqlari uzun va ingichka, ko‘z gavharida yetishmovchilik mavjud;
• mikrotsefaliya - kalla yuz qismining g‘ayritabiiy katta, bosh qismining esa juda kichraygan bo'lishi, aqliy zaiflik.
Odamlarda retsessiv mutatsiyalar oqibatida paydo bo‘ladigan gen kasalliklarining turlari ham topilgan va o‘rganilgan. Retsessiv gen kasalliklari retsessiv gen bo‘yicha gomozigota (aa) holatidagina rivojlanadi. Agar shaxs bu gen bo‘yicha geterozigota (Aa) bo‘lsa, retsessiv kasallik geni yashirin holda faoliyatsiz bo‘lib, kasallik rivojlanmaydi. Ikkita geterozigotali shaxslarning oilasida ularning avlodlarida retsessiv gomozigota hosil boiib, gen kasalligi yuzaga chiqadi.
Autosoma-retsessiv holatda irsiylanadigan kasalliklardan biri - fenilketonuriya kasalligi yaxshi o‘rganilgan. Bu kasallik moddalar almashinuvi buzilishining kasalligi deb ham yuritiladi. Fenilketonuriya birinchi marta 1934-yilda genetik olim Felling tomonidan tasvirlangan. Bu kasallik nerv tizimining og‘ir shikastlanishi bilan xarakterlanib, aqliy zaiflikka olib keladi. Olimlarning dalillariga ko‘ra bir necha yuz irsiy kasalliklar aqliy zaiflikka olib kelar ekan. Fenilketonuriyaning xarakterli tomoni shundaki, bu kasallik chaqaloqning bir yoshligiga qadar namoyon bo‘lib, asta-sekin kuchayib boradi. Chaqaloq qanchalik erta davolanilsa, uni umr bo‘yi nogiron bo‘lib qolishlikdan saqlab qolish mumkin bo‘ladi. Bu kasallik ommaviy skrining metodi bilan aniqlanadi. Bu kasallikda chaqaloq organizmiga ona suti yoki bolalar oziqasi orqali qabul qilinadigan fenilalanin aminokislotasi fenilalaningidroksilaza fermenti faoliyatining buzilishi tufayli tirozinga aylanmaydi. Natijada fenilalanin fenilpirouzum kislotasiga aylanadi va metabolik reaksiyalar zanjirida buzilishlar keltirib chiqaradi. Fenilpirouzum kislotasi markaziy nerv tizimi hujayralariga ta’sir ko‘rsatib, ularda qaytarilmas o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi va bolaning ruhiy rivojlanishi susaya boshlaydi. Agarda chaqaloq maxsus dietada oziqlantiriladigan bo‘linsa, kasallikning oldi olingan bo‘ladi.

Download 50.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling