Z. M. Yakubov cholg`u ijrochiligi


Download 6.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/50
Sana06.09.2023
Hajmi6.74 Mb.
#1673450
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   50
Bog'liq
cholg\'u ijrochiligi

SUN‟IY FLAJOLETLAR 
Ikkita barmoq ishtirokida hosil qilinadigan flajoletlar sun‘iy 
flajoletlar deyiladi. Bu flajoletlar birinchi barmoq tor ustiga mahkam 
qo‗yilishi, tersiya, kvarta, kvinta, seksta oralig‗i masofasida uchinchi 
yoki to‗rtinchi barmoq tor ustiga sal, yengil tegishi orqali hosil qilinadi. 
Yozuvda esa sun‘iy flajoletlar qo‗sh notalar bilan ifodalanadi. Pastki 
nota oddiy, yuqorigisi kichik rombik (ichi bo‗yalmagan) holda yoziladi. 
Kvarta orqali flajolet hosil qilishda birinchi barmoq torga mahkam, 
to‗liq bosiladi, to‗rtinchi barmoq esa kvarta oralig‗i masofasida tor 
ustiga yengil qo‗yiladi. Natijada birinchi barmoq olayotgan nota ikki 
oktava baland sadolanadi. 


54 
Kvinta orqali flajolet ijrosida ham birinchi va to‗rtinchi barmoqlar 
shunday xarakat qiladi, faqat notalar orasi kvinta oralig‗i masofasida 
bajariladi. Birinchi barmoq olayotgan nota bir oktava yuqori kvinta 
tovushini beradi. 
Yuqorida aytib o‗tilganidek, garchan juda ham kam qo‗llansada, 
tersiyali va sekstali flajoletlar juda murakkab, texnik jihatdan katta 
mahorat talab qiladigan asarlarda uchraydi. Tersiyali flajoletlarni sun‘iy 
ravishda hosil qilinishida odatdagidek birinchi barmoq tor ustiga 
mahkam qo‗yiladi, uchinchi barmoq katta tersiya oralig‗i masofasida tor 
ustiga sal, yengil tekkiziladi. Shunda birinchi barmoq olayotgan nota 
ikki oktava yuqori katta tersiya tovushini hosil qiladi. 
Masalan, re torida
Shuni unutmaslik kerakki, tersiyali flajolet ijrosida ishtirok 
etayotgan ikkala notaning oralig‗ masofasi doimo katta tersiyadan 
tashkil topgan bo‗ladi. 
Sekstali flajoletlar ijrosida ham birinchi barmoq torga mahkam 
bosiladi, to‗rtinchi barmoq esa katta seksta oralig‗i masofasida tor ustiga 
sal, yengil qo‗yiladi. Bu holatda asosiy ya‘ni birinchi barmoq olayotgan 
nota ikki oktava yuqori katta tersiya tovushini beradi. Bunday 
flajoletlarni ijro etishni qiyin tomoni shundaki, ikkita barmoq oralig‗i 
keng, (katta seksta) hajmida ekanligidadir. Yuqoriroq pozitsiyalarda, 
ya‘ni III, IV pozitsiyalardan boshlab dasta menzurasi toraygan sari
barmoqlar harakati qulaylashadi. Sekstali flajoletlar ijrosida ishtirok 


55 
etayotgan ikkala notaning oralig‗i doimo katta sekstadan tashkil topgan 
bo‗lishi kerak. 

Download 6.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling