Z. M. Yakubov cholg`u ijrochiligi
Download 6.74 Mb. Pdf ko'rish
|
cholg\'u ijrochiligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O„TISHLARNING TO„RT KO„RINISHI
POZITSIYALAR ALMASHUVI.
Chap qo‗l barmoqlarining bir pozitsiyadan boshqasiga o‗tishi pozitsiya almashuvi deyiladi. Pozitsiyalarga o‗tishga taaluqli qoidalarni puxta o‗zlashtirish kerak. Aslida chap qo‗l texnikasining asosiy maqsadi bir pozitsiyadan boshqasiga o‗tish texnikasidir. K. Davidov va K. Flesh rahbarliklarida qabul qilingan klassifikatsiya o‗tishlarni ko‗rinishlarga bo‗lishga asos qilib qo‗yilgan. 1 O‗tishlarning to‗rt ko‗rinishlari mavjud. Ularni A. Grigoryanning skripka uchun ―Gammalar va arpedjiolar‖ qo‗llanmasida berilgani bo‗yicha aynan, o‗zgarishsiz, qat‘iy ravishda o‗rganish shart va buni quyida e‘tiboringizga havola etamiz. Sozandaning chap qo‗l texnikasi uchun bu kara jadvalini hech qachon esdan chiqarmaydigan qilib yodlagandek ahamiyatli bo‗lishi kerak. O„TISHLARNING TO„RT KO„RINISHI 1) O‗tishlarning eng oddiy ko‗rinishlari ochiq tor sadolanib turgan vaqtda amalga oshiriladi. Qo‗l batamom silliqlik bilan bir pozitsiyadan boshqasiga joyini o‗zgartiradi. 2) Bitta va o‗sha barmoqning sirg‗alishi orqali amalga oshiriladigan o‗tishlar. Boshlanishida sirg‗alish silliq, sekin, oxirida bir muncha tezlashgan bo‗lishi kerak. O‗tish vaqtida sirg‗alayotgan barmoq erkin bo‗lishi zarur, o‗z bosimini bir muncha kuchsizlantirishi, shu bilan birga torni sezishni yo‗qotmasligi kerak. 1 А. Григорян. ―Гаммы и арпеджио‖. М., 1977, 18-бет. 48 3) Pastki yotgan barmoqdan yuqorigi yotgan barmoqqa o‗tishlar (va orqaga) 2 ; keyingi pozitsiyadagi birinchi nota yuqorigi yotgan barmoqlarning bittasi bilan olinadi. Dastlabki pozitsiyadagi oxirgi notani olayotgan barmoq tor ustida yangi pozitsiyagacha sirg‗aladi, yangi pozitsiyadagi notani olayotgan barmoq esa o‗z o‗rniga aniq tushadi. Sirg‗altirish silliq bo‗lishi kerak. O‗tish vaqtida sirg‗alayotgan barmoq tor ustida o‗z bosimini kuchsizlantiradi. 4) Yuqorigi yotgan barmoqdan pastki barmoqqa o‗tishda (va orqaga); keyingi pozitsiyadagi birinchi nota dastlabki pozitsiyaning oxirgi notasidan ko‗ra ancha pastki barmoq bilan olinadi. Yuqoriga yo‗nalishda o‗tish uchun sirg‗altirish vaqtida bir barmoq boshqa barmoq bilan joy almashishi yuz beradi. Pastga yo‗nalishda dastlabki barmoq sirg‗aladi, keyingi pozitsiya barmog‗i esa to‗g‗ridan-to‗g‗ri o‗z o‗rniga aniq tushadi. Sirg‗altirish vaqtida dastlabki barmoq tor ustida o‗z bosimini kuchsizlantiradi. 2 К. Флеш грифда пастки жойлашган бармоқларни –―пастки ѐтган‖, юқоригиларини –―юқориги ѐтган‖-деб атаган, бинобарин, 1- бармоқ 2-,3-, 4- бармоқларга нисбатан ―пастки ѐтган‖ бармоқ ҳисобланади. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling