134
Jan Batis Bekeerle
Asar kompozitori va uning ijodi:
Jan Batis Bekeerle 1821 yil 29 noyabrda Gepeviller
shahrida dunyoga kelgan.
U bir qancha kasblarda faoliyat olib brogan bulib,
folklorist, kompozitor, musiqachi,
opera janrlariga ham, ko‘plab
hissasini qo‘shgan.
137
Lyudvig Van Betxoven
Asar kompozitori va uning ijodi:
Betxoven nemis kompozitori, pianinochi va dirijyor. Vena klassik
maktabining vakili. U 1770-yil 17-dekabrda Germaniyaning Bonn
shahrida tavallud topgan.
1792-yilda Venaga ko‘chgan va tez orada o‘zining erkin va
ta‘sirchan, yangi ijro usuli bilan istedodli pianinochi sifatida tanilgan.
Venada (1795-1800) yaratgan fortepiano sonatasi, kvartetlari, 1-
simfoniyasi, ―Prometeyning yaratmalari‘‘
baletidayoq Betxovenga xos
ijodiy uslub ko‘zga tashlandi. 27 yoshida qulog‘i og‘irlashib,
keyinchalik butunlay kar bo‘lib qolsada, ichki o‘quv, his-tuyg‘u bilan
anchagina asarlar yaratdi, dirijyorlik qildi. Betxovenning ijodi,
ayniqsa
1801- 1812-yillarda kamol topdi. Qahramonlik va demokratizm ruhi
bilan yug‘rilgan 3-―Qahramonnoma‖, 5-simfoniyalari, ―Fidelio‖ operasi,
I.Gyotening ―Egmont‖ fojiasiga yozgan musiqasi, skripkava fortepiano
uchun ―Kreyserov‖ sonatasi mashhur.
Chuqur fojiaviylik va adolat tantanasiga
ishonch ruhi bilan
sug‘orilgan 9-simfoniyasi Betxoven ijodining cho‘qqisidir. So‘nggi
asarlari (28-32 fortepiano sonatalari, 12-16 kvartetlari, bagatellari) da
kompozitorning yangi ifoda vositalari topishga intilishi seziladi.