Z. M. Yakubov cholg`u ijrochiligi


Download 6.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/50
Sana06.09.2023
Hajmi6.74 Mb.
#1673450
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   50
Bog'liq
cholg\'u ijrochiligi

 


163 
Glossariy 
Yakka zarb - Bu zarb tovush chiqarishning eng oddiy usuli 
bo`lib, noxunni rubob simiga yuqoridan pastga qarata dona-dona 
urish bilan bajariladi. 
Qo`sh zarb - Bu zarb noxun bilan rubob simini yuqoridan pastga 
va pastdan yuqoriga bir tekisda urish bilan bajariladi. 
Zarbi parron - Bunda asosiy tovushni uni oldiga turish 
qo`shimcha qisqa tovush bilan qo`shib (forshlag) chalish ko`zda tutiladi. 
Zarb qo`shimcha tovushda yuqoriga qarata va asosiy tovushda pastga 
qarata uriladi. 
Rez - Bu zarb noxun bilan simga oldinma-ketinlik bilan past va 
yuqoriga tez zarb berishga (tirillatish) orqali amalga oshiriladi. Teskari 
zarb - Bu zarb sinkopali ritm harakteriga ega bo`lib 1,4, 7-zarblar urg`u 
(aksent) bilan chalinadi. 1, 3, 4, 6, 7-zarblar pastga, 2, 5, 8-zarblar esa 
yuqoriga uriladi. 
Bilak zarb - Bunda noxunni simlar bo`ylab yuqoridan pastga 
sirg`atma bilan ( arpedjato) yuqoriga harakatlantirish nazarda tutiladi. 
Ufori zarb - ritmi o`zbek xalq raqslari uchun harakterli 
bo`lgan ritmdir.
Ufor zarb asosan ikki usul bilan ijro etiladi. Aplikatura - 
Ijrochilikdagi muhim elementlardan biri aplikatura prinsiplarini ongli 
tushunish va uni puxta o`zlashtirishdan iborat. 
Intervallar - Bir vaqtda yoki ketma-ket olingan ikki tovush 
oralig` Iinterval deb ataladi. Qochirim - oddiy va murakkab melizm. 
Bezaklar - forshlag turlari. 
Bitratma - trellar turlari. Sayqal - mordentlar turlari bo`lib 
bitratmadan tomomila farq qiladi. To`lqinlashtirish - (vibrator) deyarli 
barcha xalq cholg`ulari va ashula ijrochiligiga uchun xos. Nolish - yarim 
tongacha bo`lgan o`ziga xos yirik bidratma.


164 
Molish - barmoqni bir tovushdan ikkinchi tovushga ohista 
sirg`altirish usuli. Kashish - yarim ton doirasida amalga oshiradigan 
bezak usuli. Ajam - Arablardan tashqari xalqlarning musiqasi.
Bozgo`y - maqom cholg`u kuylarida (tasnif, tarje‟, va boshqa) 
o`zgarmay takrorlanuvchi kuy tuzilmasi. Buzruk-buyuk, katta, o`n ikki 
maqom tizimi va Shashmaqomdagi maqomning nomi.
Gardun - falak gardishi, taqdir, qismat; ―Shashmaqom‖ 
cholg`u bo`limidagi muayyan qism va doira usuliningnomi. Mushkilot-
qiyinchiliklar; ―Shashmaqom‖cholg`u kuylari bo`limining umumiy 
nomi. Tasnif-xona va bozgo`y 
kuy tuzilmalari asosida ishlangan 
mukammal shaklli cholg`u asari. 

Download 6.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling