Z. M. Yakubov cholg`u ijrochiligi


TORLARNI CHERTISH ORQALI TOVUSH HOSIL QILISH


Download 6.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/50
Sana06.09.2023
Hajmi6.74 Mb.
#1673450
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50
Bog'liq
cholg\'u ijrochiligi

TORLARNI CHERTISH ORQALI TOVUSH HOSIL QILISH 
USLUBLARI 
G‗ijjak ijrochiligida kamon orqali tovushlar hosil qilish bilan bir 
qatorda torlarni chertish orqali ham tovush hosil qilinadi. Torlar 
barmoqlar orqali chertib chalinishiga pizzicato deyiladi. Yozuvda pizz 
deb belgilangan joydan boshlab chertib chalinadi. Asardagi chertib 
chalinadigan parcha tugab, kamon bilan chalishga o‗tish kerak bo‗lsa, 
o‗sha joyga arco so‗zi yoziladi. 
Yana shunga e‘tibor berish kerakki, agar kuy matni bir ovozli 
bo‗lsa, pizzicato o‗ng qo‗lning ko‗rsatgich barmog‗i bilan chapdan 
o‗ngga, agar ikki va undan ortiq, ya‘ni akkord yoki arpedjio tarzida 
bo‗lsa o‗ng qo‗lning bosh barmog‗i (bashmaldog‗i) bilan tovushlarning 
pastdan yuqoriga joylashishi bo‗yicha o‗ngdan chapga chertib ijro 
etiladi. 
Nota ustiga yoki ostiga + belgisi yozilgan bo‗lsa, unda pizzicato 
uslubi chap qo‗lning barmoqlari orqali chertib, yulib ijro etiladi.


46 
POZITSIYALAR 
Avvalo cholg‗uni yaxshi bilish, uning barcha qismlari qanday 
imkoniyatlarga ega ekanligini puxta va mukammal o‗zlashtirish 
sozandaning eng asosiy maqsadi bo‗lishi kerak. G‗ijjak dastasida 
(grifida) bajariladigan chap qo‗l harakatlarining hammasini nazariy va 
ilmiy jihatdan aniq, to‗g‗ri anglagan holda o‗rganish eng murakkab 
masalalardan biri. Albatta, bu o‗rinda pozitsiyalarning ahamiyati juda 
muhim va ular to‗g‗risida kengroq ma‘lumotga ega bo‗lish maqsadga 
muvofiq. Pozitsiya chap qo‗l barmoqlarining cholg‗u dastasida 
joylashish holatlari bo‗lib, ular yozuvda I, II, III va hokazo rim 
raqamlari bilan belgilanadi. Pozitsiyalar birinchi barmoqni qo‗yilgan 
o‗rni bilan aniqlanadi. Masalan, lya torida birinchi barmoq si, ikkinchi 
do, uchinchi re, to‗rtinchi mi pardalariga to‗g‗ri keladi. Bu holat birinchi 
pozitsiya deyiladi. Agar ikkinchi barmoq o‗rnini birinchi barmoq ya‘ni 
do pardasini birinchi barmoq egallasa, ikkinchi pozitsiya va shu tarzda 
uchinchi, to‗rtinchi va hokazo davom etadi. G‗ijjakda o‗n uchta, 
yarimpozitsiya bilan o‗n to‗rtta pozitsiya bor. Bularning hammasi
ayniqsa yuqorigilari qiyin va murakkab asarlarda juda muhim rol 
o‗ynaydi. Yana shuni ham unutmaslik kerakki, yuqoriga ko‗tarilgani sari 
g‗ijjak dastasining menzurasi torayib boradi va barmoqlar joylashishi 
zichlashadi. Unday hollarda pozitsiya birinchi bilan to‗rtinchi 
barmoqlar emas, balki birinchi bilan uchinchi (gohida ikkinchi) 
barmoqlar oralig‗i masofasida aniqlanadi. G‗ijjakning eng yuqori 
pardalari to‗rtinchi oktava sol, lya notalariga to‗g‗ri keladi. Ammo ba‘zi 
hollarda bundanda yuqori pardalar qo‗llanadi. 
Ochiq torlardan keyin yarim ton oralig‗ida birinchi pardani birinchi 
barmoq 
bilan 
ijro 
etishdagi 
barmoqlarning 
joylashish 
holati 
yarimpozitsiya deyiladi. 


47 

Download 6.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling