Z. M. Yakubov cholg`u ijrochiligi
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
Download 6.74 Mb. Pdf ko'rish
|
cholg\'u ijrochiligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.4. GIJJAK CHOLG`U IJROCHILIK TEXNIKASIGA OID MASALALAR
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar.
1. Dars boshlanishida o`qituvchi kayfiyatining talabaga ta‘siri haqida gapiring. 2. Ansambl ijrochiligining umumiy qoidalarini sanab bering. 3. Cholg‟ularni sozlashda nimalarga e‘tibor berish kerak? 4. Cholg`ularning mashg`ulot xonasida saqlanishi bo`yicha nimalarni bilasiz? 5. Cholg`ularni saqlashda nimalarga e‘tibor berish kerak? 40 2.4. GIJJAK CHOLG`U IJROCHILIK TEXNIKASIGA OID MASALALAR Texnika so‗zi cholg`u ijrochiligida qanday o`rin tutadi va nima uchun ijrochilik texnikasi deymiz? Ba‘zida tezkor ijroni texnikaga yo`yamiz. Bu ne chog`liq to`g`ri. Texnika so`zi deyarli barcha jabhalarda ishlatiladi. Faraz qilaylik, paxta terish mashinasi ham texnika mahsuli. Mashina qo`l kuchidan ko`ra bir necha marta ko`proq va tezroq paxta teradi. Nima uchun? Mashinadagi yuzlab, minglab qismlarning har biri o`z vazifalarini (funksiyalarini) bir paytning o`zida aniq, to`g`ri, qoidaviy tarzda bajarganligi natijasida bunday tezkorlik vujudga keladi. Agar biror qismi noto`g`ri ishlasa yoki buzilsa bunday tezkor natijaga erishib bo`lmas edi, albatta. Demak, texnika faqatgina tezkorlikdan iborat emas ekan. Uni to`g`ri, aniq va qoidaviy harakatlar yig`indisi natijasida hosil bo‗ladigan tezkorlik desak to`g`ri bo`lar ekan. Cholg`u ijrochiligida ham texnika birinchi navbatda necha davrlar mobaynida sinalgan, qat‘iy isbotlangan qoidalarga rioya qilingan holda shakllantirilgan ko‗pgina bilim va ko‗nikmalarni to‗g‗ri bajarish ustiga qurilgan xarakatlar hamda xarakatlarning natijasida hosil bo‗lgan tezkorlik deyilsa ayni xaqiqat. Huddi shunday natijaga erishish uchun ko‗pgina bilim va ko‗nikmalarni alohida-alohida o‗zlashtirib o‗rganish kerak. G`ijjakda tovush hosil qilish uslublari, shtrixlar, chap qo`l barmoqlarining cholg‗u dastasidagi joylashish holatlari (pozitsiya, applikatura), vibratsiya, flajolet, gamma va etyud kabilarning hammasi sozandaning asosiy quroli hisoblanadi. Garchan bu ko`nikmalar bilan baholi qudrat tanish bo`lsangizda, bular hususida yanada chuqurroq bilimga ega bo`lish maqsadga muvofiq. G`ijjakda ikki xil uslubda, asosan, kamon yurgizish va torlarni chertish orqali tovush hosil qilinadi. Download 6.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling