36
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar.
1. Zarbli cholg`u1arga ta`rif bering?
2. Torli cholg`u1arga ta‘rif bering?
3. Puflama cholg`ularga ta‘rif bering?
4. Ansambl turlari to`g`risida ma‘lumot to`plang.
2.3. Uslubiy ko`rsatmalar.
Reja:
1. Ansambl ijrochiligining umumiy qoidalari.
2. Ansambl cholg`ularini sozlash.
3. Ansambl cholg`u1arini saqlash.
Ansambl ijrochiligida sozandalarning bir xi1
ijro uslubida
chalishlari juda muhimdir. O`zbek xalq cho1g`ulari ansamblidagi ijro
uslubi va rubobchilar, dutorchilar ansamblidagi ijro uslublari bir-biridan
farq qiladi. Xalq cholg`ularidan tuzilgan ansambldagi ijro uslubi asosan
asarning xarakterini ochib berishga qaratilgan bo`1ib,
ansambl ijrochiligi
uslubidan kelib chiqqan bo`lsa, dutorchilar ansamblidagi ijro uslubi
dutor
ijro imkoniyatlarini, undagi rang-barang usullarni,
dutorning
o`zigagina xos bo`lgan jozibani yaqqol ko`rsatib berish imkoniyatini
beradi.
Yuqorida
aytilganidek, har qanday ruhiy holatda va har qanday
shart- sharoitda hann o‘qituvchi amaliy darsga ko‘tarinki ruhda,
ijrochilik kayfiyatida kirib kelmog`i va tez
fursatda talabalarni ijroga
tayyorlamog‘i zarur. Chunki ana shu ruhiyat va ko‘tarinki kayfiyat
o‘qituvchidan talabalarga ko`chadi va ular o`tiladigan
hamda
o‘rganiladigan asarni tez va puxta o`rganadilar.
Ansamblda ijro mahoratini egallash, avvalo, to`g`ri o`tirish,
cholg`u sozini to`g`ri tutish, tovush chiqarish
madaniyatini egallab
borish, ijroharakatlarini to`g`ri shakllantirish hamda jamoa bilan ijro
37
qoidalariga to`liq amal qilishni nazarda tutadi.
Ular quyidagilardan
iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: