43
chizig‗i bilan birlashtirilmaydi. Bu shtrixni ijro etishda kamonning ayni
kerak joyidan foydalanish tavsiya etiladi. Kamonning boshlanish ya‘ni (
kolodka) qismidan o‗rta qismiga (ammo teng o‗rta qismi emas) yaqin
joyida ijro etilsa shtrix o‗z sifatini to‗liq ko‗rsatadi. Chunki shu joyda
kamonning taranglik hususiyati ko‗proq.
Stakkato Volant – uchar stakkato –
huddi oddiy stakkatodek
yoziladi. Ba‘zan notalar ustiga yoki ostiga so‗z bilan stakkato volant deb
yoziladi, agar yozilmagan holda asarning sur‘ati, xarakteriga qarab ham
qo‗llanadi. Oddiy stakkato kamonni tordan ko‗tarmay bir tomonga uzib-
uzib ijro etilsa, uchar stakkato kamonni bir tomonga sakratib ijro etiladi.
Demak, bir nechta spikkatolarni kamonning yuqoriga yo‗nalishi
bo‗yicha sakratib chalishdir. Tezkor sur‘atli, sho‗xchan, zavqli asarlarda
ko‗p qo‗llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: