33
Qo`biz: Torli kamonchali cholg`u tori 2 ta bo`lib,
har bir tori bir
to`plam qildan iboratdir. (ot quyrug`idan olingan). Qozog`istonda,
Qirg`iziston, Turkmaniston, Qoraqalpoq xalqlarida keng tarqalgan.
Sato
Sato: Tashqi ko‘rinishdan tanburga o`xshaydi. Kosasi tut,
yong`oq-o`rikdan o`yib yasaladi. Uni noxun bilan chalsa ham bo`1adi.
Asosiy torlari 3 ta, ba‘zan 4 ta bo`lib, bu
torlar metal misdan iborat
bo`ladi.
34
Nay
Nay: Tuzulishiga ko`ra barmoqlar bilan berkitilgan 6 teshikcha,
diatonik tovushqatorga ega bo`lib, hajmi 1-oktava lyadan, 4-oktava re
gacha. Notalar skripka kalitiga yoziladi.
Surnay
Surnay: Uning hann chap va o`ng qo`1
barmoqlari bilan
yopiladigan 6 ta teshikchasi bor. 7-teshik esa pastki tomonda bo`lib,
chap qo`lning bosh barmog`i bilan bekitiladi. Hajmi kichik oktava lya
dan 2-oktava mi ga qadar. Ovozi baland bo`lib, asosan to`y-
tomosholarda ijro etib kelinadi.
35
Qo`shnay: Ikki qamish naychadan iborat bo`lib,
ularga maxsus
tilcha o`rnatiladi. Chalishda ikkita naycha bir xil puflanadi,
har ikkala
naychada joylashgan 7 ta teshikchaning tegishlilari barmoq bilan
bosiladi. Ovoz hajmi 1- oktava rye-dan 2-oktava sol gacha.
Karnay
Karnay: Tuzilishi ikki, uch bo`lakdan iborat bo`1adi. Uzunligi 2
metrdan ortiq, puflab chalinadigan qismi oxirida mayda teshikcha bor.
Karnay cholg`u ijrosida tovushlar sekunda intervaliga o‘xshaydi, asosiy
tovushdan yuqori sof kvinta yoki kichik septima intervali chalinadi.
Asosan, bayramlar, to`y-tomosholarda doira, surnay jo`rligida chalinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: