Z. M. Yakubov cholg`u ijrochiligi


Download 6.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/50
Sana06.09.2023
Hajmi6.74 Mb.
#1673450
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50
Bog'liq
cholg\'u ijrochiligi

POZITSIYALAR ALMASHUVI. 
Chap qo‗l barmoqlarining bir pozitsiyadan boshqasiga o‗tishi 
pozitsiya almashuvi deyiladi. Pozitsiyalarga o‗tishga taaluqli qoidalarni 
puxta o‗zlashtirish kerak. Aslida chap qo‗l texnikasining asosiy maqsadi 
bir pozitsiyadan boshqasiga o‗tish texnikasidir. K. Davidov va K. Flesh 
rahbarliklarida qabul qilingan klassifikatsiya o‗tishlarni ko‗rinishlarga 
bo‗lishga asos qilib qo‗yilgan.
1
O‗tishlarning to‗rt ko‗rinishlari mavjud. 
Ularni A. Grigoryanning skripka uchun ―Gammalar va arpedjiolar‖ 
qo‗llanmasida berilgani bo‗yicha aynan, o‗zgarishsiz, qat‘iy ravishda 
o‗rganish shart va buni quyida e‘tiboringizga havola etamiz.
Sozandaning chap qo‗l texnikasi uchun bu kara jadvalini hech qachon 
esdan chiqarmaydigan qilib yodlagandek ahamiyatli bo‗lishi kerak.
O„TISHLARNING TO„RT KO„RINISHI
 
 
1) O‗tishlarning eng oddiy ko‗rinishlari ochiq tor sadolanib turgan 
vaqtda amalga oshiriladi. Qo‗l batamom silliqlik bilan bir pozitsiyadan 
boshqasiga joyini o‗zgartiradi. 
2) Bitta va o‗sha barmoqning sirg‗alishi orqali amalga 
oshiriladigan o‗tishlar. Boshlanishida sirg‗alish silliq, sekin, oxirida bir 
muncha tezlashgan bo‗lishi kerak. O‗tish vaqtida sirg‗alayotgan barmoq 
erkin bo‗lishi zarur, o‗z bosimini bir muncha kuchsizlantirishi, shu bilan 
birga torni sezishni yo‗qotmasligi kerak. 
1
А. Григорян. ―Гаммы и арпеджио‖. М., 1977, 18-бет. 


48 
3) Pastki yotgan barmoqdan yuqorigi yotgan barmoqqa o‗tishlar 
(va orqaga)
2
; keyingi pozitsiyadagi birinchi nota yuqorigi yotgan 
barmoqlarning bittasi bilan olinadi. Dastlabki pozitsiyadagi oxirgi notani 
olayotgan barmoq tor ustida yangi pozitsiyagacha sirg‗aladi, yangi 
pozitsiyadagi notani olayotgan barmoq esa o‗z o‗rniga aniq tushadi. 
Sirg‗altirish silliq bo‗lishi kerak. O‗tish vaqtida sirg‗alayotgan barmoq 
tor ustida o‗z bosimini kuchsizlantiradi. 
4) Yuqorigi yotgan barmoqdan pastki barmoqqa o‗tishda (va 
orqaga); keyingi pozitsiyadagi birinchi nota dastlabki pozitsiyaning 
oxirgi notasidan ko‗ra ancha pastki barmoq bilan olinadi. 
Yuqoriga yo‗nalishda o‗tish uchun sirg‗altirish vaqtida bir barmoq 
boshqa barmoq bilan joy almashishi yuz beradi. 
Pastga yo‗nalishda dastlabki barmoq sirg‗aladi, keyingi pozitsiya 
barmog‗i esa to‗g‗ridan-to‗g‗ri o‗z o‗rniga aniq tushadi. Sirg‗altirish 
vaqtida dastlabki barmoq tor ustida o‗z bosimini kuchsizlantiradi. 
2
К. Флеш грифда пастки жойлашган бармоқларни –―пастки ѐтган‖, юқоригиларини –―юқориги ѐтган‖-деб 
атаган, бинобарин, 1- бармоқ 2-,3-, 4- бармоқларга нисбатан ―пастки ѐтган‖ бармоқ ҳисобланади. 


49 

Download 6.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling