41
KAMONNI TORDAN KO`TARMAY IJRO ETILADIGAN
SHTRIXLAR
Detashe – boshlang`ich va asosiy shtrixdir. Bu shtrix
tovushlarning
xar birini alohida, kamonni pastga va yuqoriga yurgizish
orqali hosil qilinadi.
Kamon harakati pastdan yuqoriga yoki yuqoridan pastga
almashayotganida
tovushlar uzilmasligi, ravon va tekis ulanishi lozim.
Detashe asarning xarakteri, sur‘ati, dinamikasiga qarab kamonning
butun
uzunligi bilan hamda pastki, o‗rta va yuqori qismlarida ham
qo‗llanadi.
Legato – ikki va undan ortiq tovushlarni bir tomonga, ya‘ni
kamonni pastga yoki yuqoriga harakati bo`yicha ulab ijro etishdir. Bu
shtrix orqali g`ijjakning mayin, nafis,
kuychanlik sifatlari yaqqol
ko`rinadi. Nechta tovush kamon harakatining bir tomoniga ijro etilishiga
qarab, kamon ham teng taqsimlanishi kerak.
Legato bir torda va bir necha torlarda ijro etilishi mumkin, ya‘ni
tordan torga o`tish yo`li bilan. Bu shtrix bir necha torlarda ijro
etilganida, navbatdagi torga o‗tishdan oldin kamonni o‗sha
torga asta
yaqinlashtiriladi. Shunda tovushlarning tekisligi,
mayinligi
va
yumshoqligi saqlab qolinadi. O‗z o‗rnida bu ko‗nikmalarni o‗zlashtirish
lozim.
Liga chizig‗i bilan birlashtirilgan notalarning ustiga yoki ostiga
chiziqchalar qo‗yilgan bo‗lsa, unda shu chiziqchalar qo‗yilgan
notalar
kamonni pastga yo yuqoriga yo‗nalishi bo‗yicha yengil to‗xtatib, ajratib
ijro etiladi. Bu shtrix
portato (italyancha – ta‘kidlash) deyiladi.
42
Martele shtrixi aksent bilan boshlab, uzib chalinadi.
Kamon
shaxdam, tez tortiladi, keskin to‗xtatiladi va o‗zining cho‗zimini teng
yarmi hisobida pauza xosil qilinishi shart. Martele bunday belgi bilan
ifodalanadi.
Martele
kamonning hamma qismida, ko‗proq yuqori qismida ijro
etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: