Z. M. Yakubov cholg`u ijrochiligi
TORLARNI CHERTISH ORQALI TOVUSH HOSIL QILISH
Download 6.74 Mb. Pdf ko'rish
|
cholg\'u ijrochiligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- POZITSIYALAR
TORLARNI CHERTISH ORQALI TOVUSH HOSIL QILISH
USLUBLARI G‗ijjak ijrochiligida kamon orqali tovushlar hosil qilish bilan bir qatorda torlarni chertish orqali ham tovush hosil qilinadi. Torlar barmoqlar orqali chertib chalinishiga pizzicato deyiladi. Yozuvda pizz deb belgilangan joydan boshlab chertib chalinadi. Asardagi chertib chalinadigan parcha tugab, kamon bilan chalishga o‗tish kerak bo‗lsa, o‗sha joyga arco so‗zi yoziladi. Yana shunga e‘tibor berish kerakki, agar kuy matni bir ovozli bo‗lsa, pizzicato o‗ng qo‗lning ko‗rsatgich barmog‗i bilan chapdan o‗ngga, agar ikki va undan ortiq, ya‘ni akkord yoki arpedjio tarzida bo‗lsa o‗ng qo‗lning bosh barmog‗i (bashmaldog‗i) bilan tovushlarning pastdan yuqoriga joylashishi bo‗yicha o‗ngdan chapga chertib ijro etiladi. Nota ustiga yoki ostiga + belgisi yozilgan bo‗lsa, unda pizzicato uslubi chap qo‗lning barmoqlari orqali chertib, yulib ijro etiladi. 46 POZITSIYALAR Avvalo cholg‗uni yaxshi bilish, uning barcha qismlari qanday imkoniyatlarga ega ekanligini puxta va mukammal o‗zlashtirish sozandaning eng asosiy maqsadi bo‗lishi kerak. G‗ijjak dastasida (grifida) bajariladigan chap qo‗l harakatlarining hammasini nazariy va ilmiy jihatdan aniq, to‗g‗ri anglagan holda o‗rganish eng murakkab masalalardan biri. Albatta, bu o‗rinda pozitsiyalarning ahamiyati juda muhim va ular to‗g‗risida kengroq ma‘lumotga ega bo‗lish maqsadga muvofiq. Pozitsiya chap qo‗l barmoqlarining cholg‗u dastasida joylashish holatlari bo‗lib, ular yozuvda I, II, III va hokazo rim raqamlari bilan belgilanadi. Pozitsiyalar birinchi barmoqni qo‗yilgan o‗rni bilan aniqlanadi. Masalan, lya torida birinchi barmoq si, ikkinchi do, uchinchi re, to‗rtinchi mi pardalariga to‗g‗ri keladi. Bu holat birinchi pozitsiya deyiladi. Agar ikkinchi barmoq o‗rnini birinchi barmoq ya‘ni do pardasini birinchi barmoq egallasa, ikkinchi pozitsiya va shu tarzda uchinchi, to‗rtinchi va hokazo davom etadi. G‗ijjakda o‗n uchta, yarimpozitsiya bilan o‗n to‗rtta pozitsiya bor. Bularning hammasi, ayniqsa yuqorigilari qiyin va murakkab asarlarda juda muhim rol o‗ynaydi. Yana shuni ham unutmaslik kerakki, yuqoriga ko‗tarilgani sari g‗ijjak dastasining menzurasi torayib boradi va barmoqlar joylashishi zichlashadi. Unday hollarda pozitsiya birinchi bilan to‗rtinchi barmoqlar emas, balki birinchi bilan uchinchi (gohida ikkinchi) barmoqlar oralig‗i masofasida aniqlanadi. G‗ijjakning eng yuqori pardalari to‗rtinchi oktava sol, lya notalariga to‗g‗ri keladi. Ammo ba‘zi hollarda bundanda yuqori pardalar qo‗llanadi. Ochiq torlardan keyin yarim ton oralig‗ida birinchi pardani birinchi barmoq bilan ijro etishdagi barmoqlarning joylashish holati yarimpozitsiya deyiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling