Z. M. Yakubov cholg`u ijrochiligi
Download 6.74 Mb. Pdf ko'rish
|
cholg\'u ijrochiligi
Ud 25 Rubob Rubob: O`rta Osiyo xalqlari musiqa madaniyatida keng qo`llaniladi. Tut, chinor, o`rik yog`ochlaridan ishlanib, kuchli jarangdor tovush beradi. Qadimgi rubob pardalari ichakdan bo`lgan. 1936-yildan boshlab po`lat simdan (5-simi ichakdan) chalinadi. Rubob asbobi bir necha turlardan iborat. Bular rubob prima, rubob sekunda, rubob tenor deb nomlanadi. Qashqar rubob ining uz. 80—100 sm, choʻmichsimon kosasi tut va b. qattiq daraxt gʻoʻlachalaridan oʻyib yasaladi va ustiga teri krplanadi. Dastasi uzun, uchi orqasiga qayrilgan boʻlib, kosadan boshlanadigan joyida qoʻchqor shoxiga oʻxshash 2 ta gajagi mavjud. Dastasidagi pardalari (19 tadan 23 tagacha, oldin ichakdan, hozir metalldan qilinadi) xromatik tovushqatorni tashkil qiladi. Qashqar Rubobining 5 ta tori, odatda, kvarta kvinta oraligʻida sozlanadi. Diapazoni 3 oktavaga yaqin. Tovushi jarangdor. 26 Afg`on rubobi Afg`on rubobi: Hindiston, Pokiston, Eron, Afg`oniston, O`zbekiston, Tojikistonda keng tarqalgan. Nomlanishiga ko`ra Tojik rubobi, Buxoro rubobi, Badaxshon rubobi ham deyiladi. Ushbu cholg`uning usti teri bilan qoplangan, katta chuqur o`yma kosasining toraytirilgan, yon tomonlaridan yuqori qismiga yupqa qopqoq yelimlangandir. Odatda beshta chalinadigan asosiy pay tor, hamda yon quloq (go`shak) larga tortiladigan 10-11 ta aks-sado beruvchi sim torlarga ega bo`lib, asosiy torlar o`zaro kvartaga sozlanadi. Aks-sado beruvchi simlar esa pog`onama-pog`ona ko`tariluvchi sekundalarni tashkil etadi. Torlari simdan va ichakdan bo`laddi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling