Z. M. Yakubov cholg`u ijrochiligi
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
Download 6.74 Mb. Pdf ko'rish
|
cholg\'u ijrochiligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. Milliy cholg`u turlari Rеja 1.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar.
1. O`rta Osiyoda ijrochilik san‘atining paydo bo`lishi haqida gapiring. 2. XIX asrning 60-yillarigacha ijrochilik san‘atining taraqqiyoti haqida gapiring. 17 3. Xalq cholg`u1arini uzoq o`tmishda paydo bo`lishi haqida gapiring. 4. Musiqa sohasida dastlab urma zarbli cholg‘ular, damli cholg`u1ar, so`ngra torli- mizrobli va torli-kamonli musiqa cholg`ulari paydo bo`lganligi hamda tarixiy manbalari haqida ma‘lumot bering. 2.2. Milliy cholg`u turlari Rеja 1. Cholg`ularning takomillashtirilishi 2. Cholg`u turlari XX-asr boshlarida (1933 yil) B.M. Belyayev o`zining ―O`zbek cholg`u asboblari‖ kitobida o`zbek xalq cholg`ularini rekonstruksiya qilish va takomillashtirish muammosini ko`tarib chiqdi. Universal nota yozish vositali sifatida, Yevropa nota yozuvi asosida o`zbek musiqa cholg`ularining tuzulishini aniqlashni taklif etdi. Natijada, bu borada zamonaviy ijrochilik talablariga javob beradigan cholg`u turlari paydo bo`la boshladi. Chang, g`ijjak cholg`ulariga qo`shimcha torlar qo`yildi. Usta Usmon Zufarov ko`plab dutor, tanbur, g`ijjaklarni turdosh turlarini yaratdi. Matyusuf Xarratov changni takomillashtirish ustiga uzoq ish olib bordi. Natijada changning yuqori registrini qo`shimcha torlar va haraklar hisobiga kengaytirdi. Usta Usmon Zufarov va Yunus Rajabiy hamkorligida dutor bas, g`ijjak bas, g`ijjak alt namunalari yaratildi va orkest tarkibiga kiritildi. Shu davrda musiqa cholg`ularini yasash uchun maxsus ustaxonalar ochila boshlandi. Namanganda usto Ro`zimat Isaboyev, Buxoroda usta Hoji ota, usta Tohirjon Davlatov, usta Najmiddin Nasriddinovlar, Toshkentda qo`shnay, surnay cholg`ularini taniqli sozandalar Xayrulla Ubaydullayev, usta Qayum surnaychilar takomillashtirdilar. A.I.Petrosyans rahbarligi ostida bir guruh ustalar birlashib, Toshkent Davlat musiqa bilim yurtida o`quv cholg`u orkest sinfida 18 yangi cholg`ularni sinab ko`rishadi. 1940 yillarda xalq cholg`ularining xromatik yarim tovushqatoriga ega 12 bosqichli turlari ancha ko`paydi. 50-yillarga kelib sinov tajribaxonasida Qirg`iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Qoraqalpog`iston xalq musiqa cholg`ulari ham rekonstruksiya qilindi va takomillashtirildi. Download 6.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling