Z. M. Yakubov cholg`u ijrochiligi
Download 6.74 Mb. Pdf ko'rish
|
cholg\'u ijrochiligi
O`qitish vositalari: o`qitishning an‘anaviy shakllari (darslik,
ma‘ruza matni) bilan bir qatorda – kompyuter va axborot 9 texnologiyalari. Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o`zaro munosabatlar. Ushbu o`quv qo`llanma 5111100 - ―Cholg`u ijrochiligi va ansambli‖ fani bo`yicha yaratilgan bo`lib, unda mazkur fanning amaliy mashg`ulotlarining ta‘lim texnologiyasi jamlangan. Mazkur o`quv qo`llanma oliy o`quv yurtlarining bakalavr ta`lim yo`nalishi talabalari uchun mo`ljallangan. Mazkur o`quv qo`llanma 5111100 – ―Musiqa ta`limi ta‘lim yo`nalishi Cholg`u ijrochiligi sinfida milliy musiqiy qadriyatlarimizni chuqur o`rganish, milliy xalq kuylari va zamonaviy musiqani (milliy estrada) alohida yuksak badiiy did bilan ijro etish malakalarini takomillashtirishga alohida e‘tibor beriladi. Darslar jarayonida ta‘limning tarbiya bilan mushtarakligiga erishish maqsadida talabalarni yuksak ahloqiylik, milliy ong, milliy tuyg`u, milliy iftigor, Vatanni sevish va ardoqlash hislarini tarbiyalab borish ham asosiy vazifalardan hisoblanadi. - Cholg`uda ijro etishni o`rgatish jarayoni o`quvchilar tomonidan ijro asoslarini ongli ravishda puxta ehallash, ijro uchun zarur bo`lgan ko`nikmalarni hosil qilish va ularni amalda qo`llay olish hamda mustaqil ijodiy fikrlash va kuzatish qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek, etsetik didini shakllantirishga qaratilgan. Mazkur ta‘lim yo`nalishidagi umumkasbiy fanlar ichida cholg`u ijrochiligi va ansambli fani talabalarga ijrochilik mahorati, cholg`uchilar ansamblini tashkil etish va ishlash, jamoaga rahbarlik qilish bo`yicha tavsiyalar berilgan. Talabalar ushbu fanlarni birinchi kursdan boshlab o`zlashtirishlari jarayonida o`zbek xalq kuylarini ijro etish malakalarini o`zlashtirib O`zbekiston bastakorlari asarlari, chet el kompozitorlari asarlari, qardosh xalqlar xalq kuylari, rus bastakorlari asarlaridan namunalar ijro etish bo`yicha ijrochilik mahoratlarini shakllantirib boradilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling