Z. M. Yakubov cholg`u ijrochiligi
Fаnning mаqsаdi vа vаzifаlаri
Download 6.74 Mb. Pdf ko'rish
|
cholg\'u ijrochiligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanining vazifalari
- 1.2. Fаnni o`zlаshtirishgа qo`yilаdigаn tаlаblаr.
1.1.Fаnning mаqsаdi vа vаzifаlаri.
Fanning maqsadi: Maqsad – talabalarning o`quv jarayonida olgan bilimlarini mutaxassis sifatida mujassamlashtirish, keyingi o`qituvchilik faoliyatida cholg`u asboblarida ijro etishni tashkil qilish yo`llarini, talaba va o`quvchilarning o`qishdan bo`sh vaqtlarini to`g`ri 6 tashkil qilish, madaniy merosga to`g`ri yondoshishga, ularning tafakkur va hissiyotlarini rivojlantirib borib, g`oyaviy – badiiy va ma‘naviy tarbiyasiga ijobiy ta‘sir ko`rsatish. «Madaniyat va san‘at o‘quv yurtlari faoliyatini yaxshilash to`g`risida» dasturidagi nazariy va amaliy mashg`ulotlarni texnik vositalardan foydalanib, o`tkazish ta‘lim samaradorligini oshiradi. O`qish jarayonida kafedralardа tashkil etilgan fonetekadan foydalaniladi. Fanining vazifalari – «Musiqiy ta‘lim mutaxassisligi» bo`yicha talabalarni cholg`u ijrochiligi tarixi, shakllantirilishi haqida ma‘lumotga ega bo`lishi, ansambllarni tashkil qilish haqidagi nazariy va amaliy bilimga ega bo`lish, ijrodagi usullar (cholg`u zarblari, shtrixlari). Doira usullari, bezaklardan unumli foydadana olish, cholg`ular ijrosida unison va ko`p ovozli musiqiy asarlarni o`rganish, tahlil qila olish, cholg`ular haqida qiziqarli so`hbatlar o`tkaza olish, umum ta‘lim maktablarida turli xil ansambllarni tashkil eta olish, repertuar tanlay olish, konsert chiqishlarini uyushtirish malakalarini egallashdan iborat. musiqiy-estetik va musiqiy-pedagogik faoliyatga tayyorgarlikni shakllantirish; musiqiy-estetik qarashlar, did va talablarni shakllantirish. 1.2. Fаnni o`zlаshtirishgа qo`yilаdigаn tаlаblаr. «Cholg`u ijrochiligi» fanini o`zlashtirsh natijasida talabalar quyidagi bilim, ko`nikma va tasavvurlarga ega bo'lishi lozim: - Cholg`u ijrochiligi san‘atining yaratilish tarixi, cholg`ushunoslikning nazariy va amaliy tamoyillari, ijro diapozoni, ularning xususiyatlarini bilishi kerak; - Cholg`u ijrochiligida ijro etish jarayoni, repertuarlarini optimal tanlash, ijro texnikasi va ijro xususiyatlariga ko`ra asarlarni tanlab ajratib olish ko`nikmalariga ega bo`lish kerak; - Cholg`u ijrochiligi va mutaxassisligi fani talabalar tanlagan asarlarni qoidalar asosida ijro etish xususiyatiga ko`ra, falsh ijrosiga yo`l qo`yilmasdan, alohida ishlash va cholg`u ijrochiligiga rahbarlik qilib, boshqara olish malakalariga ega bo`lishi kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling