Z. Mirzayeva, K. Jalilov hammuallifligida tuzilgan umumiy o`rta ta`lim
Download 5.99 Kb.
|
6-sinf Egamberdiyev R
Z.Mirzayeva, K.Jalilov hammuallifligida tuzilgan umumiy o`rta ta`lim maktablarining 6-sinfi uchun tuzilgan “Adabiyot” darsligiga TAQRIZ Ushbu darslik to`rt bo’limdan tashkil topgan.Darslikning birinchi bo`limi “Har bir kun – saboq” deb nomlangan. Bu bo`limda A.Qahhorning “Og`ri”, G`.G`ulomning “Shum bola”, O.Yoqubovning “Yaxshilik”, O`.Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asarlari o`rganilgan,asarlarini o`qish, tushunish, u haqda xulosalar chiqarish uchun ko`rsatma, savol-topshiriqlar ishlab chiqilgan.Shubhasiz, bunday jihatlar sanalgan asarlar mazmun-mohiyatini anglashda muayyan samara beradi. Ikkinchi bo`lim “So`zda sehr bor” deb atalgan.Bo`limda Xalq og`zaki ijodining namunalaridan qo`shiqlar, A.Navoiy ruboiylari, A.O`tar va Abayning ma`rifatparvarlik ruhidagi ijod namunalari, Lengston Xyuzning “Rahmat, sizga oyijon!” singari asarlar o`rganish uchun taqdim etilgan. Umuman, badiiy so’zning tarbiyaga xizmat etishi keltirilgan asarlar matni va ularning tahlili asosida ko`rsatilgan. Uchinchi bo`lim “Fantastika va sarguzashtlar olami” deb nomlangan. Bu bo’limda R.Bredberi, J.Vern, H.Shayxov singari fantastika va sarguzasht olamining mashhur vakillarining ijod namunalari o`qib o’rganish uchun tavsiya etilgan. Darslikning so`nggi bo’limi “Rangin tuyg`ular” deb atalgan. Bu bo`limda R.Fayziy, I.Yusupov, O.Matjon, X.Davron, A.Suyun, O.Uayld kabi adiblarning asarlari o`rin olgan.Tanlangan asarlar o`quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi. Darslikning ham o`qituvchilar, ham o`quvchilar uchun qulayligi har bir asardagi tushunilishi qiyin bo’lgan so`zlar izohining kitob hoshiyasida berilganligidir.Bu o`quvchilarning so`z boyligini ortishiga xizmat qiladi.Darslik so`nggida adabiy tushunchalar lug`ati taqdim etilganligi o`quvchilarni adabiy terminlarni farqlashga undaydi. Darslikda har bir mavzu uchun loyihalar taqdim etilgan. Bu loyihalar o’quvchini ijodiy tafakkurini yuksalishiga xizmat qiladi. Umid qilamizki, ushbu darslik umumiy o`rta ta`lim maktablari o`quvchilari uchun qulay o`quv qo`llanma vazifasini bajaradi.Mazkur kitobni nashrga tavsiya etish mumkin. Ravshanbek Egamberdiyev, Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi 22-maktab ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi o`qituvchisi Download 5.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling