Z. N. Yulchiyeva, N. A. Mirashirova, sh. D. Usmanova, G. G. Kuvandikova, I. N. Mustafaeva, D. F. Hamroqulova kasbiy psixologiya oliy texnik ta’lim yo’nalishlari uchun darslik Toshkent 2021


Download 0.6 Mb.
bet45/108
Sana14.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1267294
TuriУчебник
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   108
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA ma\'ruzalar matni zo\'ri shu maydalash kerak

xodimning psixologik jihatdan kasbiy faoliyatga yo’naltirilganligi va his-tuyg’ulari (o’zi ishlayotgan vaziyatlarni psixologik jihatlarini va kishilarni tushunishga intilishi, qiziqishlari va ularni tushuna olishi);

- xodimning kasbiy mahorat va taktik faoliyat samara- dorligini oshirishga oid psixologik tayyorgarligi. Ushbu tayyorgarlik kasbiy mahorat samaradorligini oshirishda, kasbiy faoliyat tizimida psixologik sharoitlarni tushunish va ularni yarata olishda, kasbiy (nutqli va nutqsiz) harakatlarni amalga oshirishning psixologik vositalaridan mahorat bilan foydalanish, operativ xizmat vazifalarining samarali hal etilishini ta’minlovchi psixologik usullarning butun kompleksini mohirlik bilan qo’llay olishda namoyon bo’ladi;

  • xodimning rivojlangan kasbiy kuzatuvchanligi va xotirasi (kasbiy kuzatish samaradorligini oshirish uchun psixologik asoslangan usul va qoidalarni qo’llash mahoratini o’z ichiga oladi) rivojlangan kasbiy diqqatlilik, sezgi va tasavvur organlarining mashq orqali rivojlanganligi, hal etilishi kerak bo’lgan vazifalar uchun muhim bo’lgan ma’lumotlarni tez, to’liq va aniq esda olib qolish, xotirada yaxshi saqlash va to’g’ri bayon etish bo’yicha mashq qilganlik;

  • psixologik barqarorlik (xodimning tergov, operativ xizmat faoliyatining psixologik jihatdan murakkab, hissiy jihatdan tarang, xavfli va mas’uliyatli vaziyatlarda xotirjam va ishonch bilan harakat qilish qobiliyatida namoyon bo’ladi).

Xodimning kasb mahoratini oshirishda uning psixologik bilimlarga egaligi muhim ahamiyatga ega. Ilmiy dalillar va mavjud ijobiy tajriba professional ta’lim tizimiga psixologik tayyorgarlikni maqsadga yo’nalgan tarzda oshirib borishning maxsus vazifalari, shakl va usullarini kiritish zarurligini ko’rsatmoqda. Bugungi kunda kasbiy mahorat – ichki ishlar organlarining faoliyat samaradorligini oshiruvchi muhim omillardan biridir.
Shu ma’noda muxandis xodimlarining kasbiy mahorati, xodimlarda operativ xizmat vazifalarini muvaffaqiyatli va samarali bajarish uchun zarur bo’lgan xislatlarni shakllantirish, rivojlantirish va faollashtirish bo’yicha maxsus tashkil etilgan maqsadga muvofiq ta’sir ko’rsatish jarayonidir.
Xodimlarning kasbiy faoliyati samaradorligini oshirish va kasbiy qobiliyat hamda mahoratini rivojlantirishda ular ma’lum bir kasbiy yo’nalishga ega bo’lmog’i lozim.
Xodimlar kasbiy mahorati mazmuniga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • kasbiy jihatdan muhim bo’lgan bilish xislatlarini shakl- lantirish va rivojlantirish;

  • hamkasblar bilan psixologik aloqa o’rnatish ko’nikmalarini takomillashtirish va rivojlantirish;

  • operativ xizmat faoliyatining turli vaziyatlarida rolga kirishish ko’nikmalarini shakllantirish;

  • fuqarolar bilan muloqotga kirishning murakkab, nizoli vaziyatlarida ta’sir etishning psixologik usullarini qo’llash mahoratini takomillashtirish;

  • og’ir vaziyatlarida o’zini tuta bilish, psixologik barqarorlikni shakllantirish;

  • shaxsning ijobiy hissiy-irodaviy xislatlarini rivojlan- tirish, xodimlarga o’zini tutish va boshqarish usullarini o’rgatish;

  • irodaviy faollik va irodaviy harakat ko’nikmalarini shakllantirish;

  • ishdagi ruhiy zo’riqishlarga tayyor turish.

Kasbiy jihatdan muhim bo’lgan bilish xislatlarini shakl- lantirish va rivojlantirish xodimlar faoliyatining samaradorligini ta’minlaydi. Ularga kasbiy ziyraklik, idrok, kuzatuvchanlik, xotira, tafakkur va tasavvur kiradi. Ushbu xislatlarni rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashqlar xodimlarning kasbiy jihatdan muhim ma’lumotlarni esda olib qolish, esda saqlash va qayta esga tushirish samaradorligini oshiradi, mantiqiy fikrlash va ijodiy tasavvurlarini rivojlantiradi.
Turli toifadagi fuqarolar bilan psixologik aloqa o’rnatish uquv mahorati hamda ko’nikmalarini takomillashtirish va rivojlantirish. Psixologik tayyorgarlik davomida xodimlar psixologik aloqa o’rnatish usullari va yo’llari tizimini egallashlari kerak. Ularda notanish kishilar bilan tezda aloqa o’rnatish va ularni o’ziga moyil qilish, odamlarning fikrini eshita olish, muloqot jarayonida psixologik to’siqlarni enga olish mahorati shakllangan bo’lishi kerak. Psixologik tayyorgarlik xodimlarning psixologik aloqa o’rnatish jarayonini engillashtirishga imkon beruvchi muayyan qoidalarni o’zlashtirishlarini taqozo etadi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling