qolganda, assotsiyatsiya tariqasida boshqa shunga o‘xshash narsalar
ham beixtiyor eslariga tushaveradi.
1 0 .2 . B o g ‘c h a yoshidagi b o la la rd a x o tira n in g rivojlanishi
Bog‘cha yoshidagi bolalar (xususan kichik guruh bolalari)
o‘zlarining faoliyatlari uchun qandaydir ahamiyatga ega bo‘lgan,
ularda kuchli taassurot qoldiigan va ulami qiziqtiigan narsalami
beixtiyor eslarida olib qolaveradilar. Ular biror narsani eslarida olib
qolishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ymaydilar va hali maqsad
qo‘yishni uddasidan ham chiqa olmaydilar.
Bog‘cha yoshidagi bolalarda asosan ixtiyorsiz esda olib qolishning
hukmron bo‘lishi tasodifiy bir hol emas. Buning o‘z sabablari bor.
Har bir tarbiyachi-pedagog bolalar xotirasiga doir xususiyatlami
yaxshi bilishi kerak. Ana shunda bolalar xotirasini to‘g‘ri rivojlantirish
mumkin. Bog‘cha yoshidagi bolalar xotirasining katta odamlar
xotirasidan keskin farqi, awalo, ular oliy nerv faoliyatining o‘ziga
xos xususiyatlari bilan bog‘liqdir. Bir qator psixologlar tomonidan
o‘tkazilgan ilmiy tekshirish ishlari natijalarining ko‘rsatishicha, bog‘cha
yoshidagi bolalar oliy nerv faoliyati quyidagi xususiyatlaiga ega.
Birinchidan, bog‘cha yoshidagi bolalaming nerv sistemasi xuddi
ilk bolalik davridagi bolalar nerv sistemasi kabi juda plastik xarakteiga
egadir, ya’ni ulaming nerv sistemalari haddan tashqari egiluvchan,
ta’sirotga beriluvchandir. Shuning uchun ham bu yoshdagi bolalarda
vaqtli bog‘lanishlar (assotsiyatsiyalar) juda osonlik bilan hosil bo‘ladi.
Bolalar nerv sistemasining xususiyati ulaming esda olib qolish
qobiliyatlariga ham ta’sir etmay qolmaydi. Shu sababli bog‘cha
Do'stlaringiz bilan baham: |