ko‘rgan. Ana shu tarzda bog‘cha yoshidagi bolalarda induktiv va
deduktiv xulosa chiqarishning eng sodda sharllari yuzaga kela boshlaydi.
1 0 .5 . S a b a b -o q ib a t b o g ‘lanish larin in g shakllanishi
Bog‘cha yoshidagi bolalar tafakkuming xarakterli xususiyatlaridan
biri ular tafakkurining hamon konkret obrazli bo‘lishidir. Ular
o‘zlarining mulohazalarida abstrakt tushunchalaiga emas, balki konkret
faktlaiga asoslanadilar. Shuning uchun ular abstract tusda berilgan
oddiy vazifalami hal qila olmaydilar. Biroq, bog‘cha yoshidagi bolalaida,
xususan katta guruh bolalarida, ayrim narsa va hodisalaming muhim
belgilariga qarab, umumlashtirish qobiliyati yuzaga kela boshlaydi.
Masalan, katta guruh bolalari olma, o‘rik, nok, olcha, olxo‘ri, uzum,
anor, behi va anjirlaming rasmlarini to‘plab, meva deb ataydilar. Ular
endi meva degan umumiy tushunchadan o ‘z nutqlarida erkin foydalana
oladigan bo‘ladilar. Bog‘cha bolalari xilma-xil rasmli lotolar bilan
ynash jarayonida ana shunday umumlashtirishga o‘igana boshlaydilar.
Bunday o‘yinlarda ba’zan tarbiyachining aralashuvi va bolalaiga
umumlashtirish yuzasidan (masalan, hayvonlar, hasharotlar, gullar,
qushlar, o ‘yinchoqlar va hokazolar haqida) turli vazifalar berish
yaxshi natijalarga olib keladi. Bolalar bu narsalaming eng muhim
belgilariga qarab ulami guruhlaiga ajratadilar. Bog‘cha yoshidagi bolalar
uchun narsalaming eng muhim belgilari ulaming nima uchun
qo‘llanishidir. Chunonchi, ularga “sigir qanday hayvon?” deb, savol
berilsa, ular — “sigir sut beradigan hayvon” deb javob beradilar.
Bog‘cha yoshidagi bolalar har bir narsaning nima uchun kerakligini
Do'stlaringiz bilan baham: |