kasallaming ko‘pchligida bolaligidan ota-onalari his-tuyg‘ulami erkin
ifodalash, tashabbus ko‘rsatish imkoniyatini chegaralaganlar.
Umumiy psixologiya va bolalar psixologiyasi.
Umumiy psixologiya — umumiy psixologik qonuniyatlami,
psixologiyaning nazariy tamoyillarini, asosiy kategoriyalarini,
metodlarini rganuvchi nazariy va eksperimental tadqiqotlardir.
Masalan, umumiy psixologiya tafakkur faoliyatinig xususiyatlari,
tafakkur turlari va operatsiyalari haqida umumiy tasawumi hosil
qiladi. Bolalar psixologiyasi esa turli yosh bosqichlarida tafakkuming
qanday xususiyatlar kasb etishi, uning qanday rivojlanishini
o‘rganadi. Bunda u, umumiy psixologiyadagi qarashlarga tayanadi,
uning metod va kategoriyalaridan foydalanadi.
Ijtimoiy psixologiya va bolalar psixologiyasi.
Ijtimoiy psixologiya — psixologiya fanining tarmog‘i bo‘lib,
insonlaming ijtimoiy guruhlarga mansubligi bilan taqozolangan xulq—
atvori va faoliyatini, shuningdek, shu ijtimoiy guruhlaming o‘zini
o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Bolalar psixologiyasi bola psixik
taraqiyotini o‘rganar ekan, albatta, bolalar guruhi, bu guruhda
bolalar o‘rtasida amalga oshuvchi munosabatlami e’tibordan chetda
qoldirmaydi. Bolalar psixologiyasi, ayniqsa, bolaning tengdoshlari
va kattalar bilan bo‘lgan muloqoti va uning bola rivojlanishiga ta’sirini
o‘rganishga alohida e’tibor qaratadi.
Bolalar psixologiyasi fanining yosh psixologiyasi tarkibidagi o‘mi
Bolalar psixologiyasi — yosh psixologiyasi fanining bo‘limlaridan
biridir. Yosh psixologiyasi, shu jumladan, bolalar psixologiyasining
psixologiya fanidagi boshqa tarmoqlardan farqi shundaki, u psixik
hodisalaming o‘zini emas, balki rivojlanishi va yosh bilan bog‘liq
Do'stlaringiz bilan baham: |