4. Talabalaiga metodika yuzasidan berilayotgan nazariy bilimlami
real o‘qituvchilik faoliyati bilan bog‘lash;
5. Talabalar metodika bo‘yicha egallanayotgan bilimlardan
amaliyotda foydalanishga qanchalik tayyorligini aniqlab borish;
6
. Psixologiya fanining boshqa sohalari - psixodiagnostika,
psixologik treninglar o ‘tkazish metodikasi, psixokorreksiya
imkoniyatlaridan foydalanish.
Mazkur qoidalar tamoyillarga muvofiq tashkil etilgan bolalar
psixologiyasi fanini o‘qitish metodikasi kursi talabalarga sifatli metodik
bilimning berilishini kafolatlaydi.
17.1. Bolalar psixologiyasi fani o‘qituvchisining shaxsi va
faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari
0
‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy ishtirokchilaridan
biridir.
0
‘qituvchi — yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash
uchun xalq oldida, davlat oldida javob beradigan, bolalarga ta’lim-
tarbiya berishga maxsus tayyorlangan odam.
Bolalar psixologiyasi fani o ‘qituvchisi bo‘lajak murabbiylarga,
tarbiyachilarga kasbiy jihatdan o‘ta ahamiyatli bo‘lgan bilimlar —
bolalar psixik taraqqiyoti qonuniyatlari haqidagi bilimlami beruvchi,
ularda pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli bajarish uchun kerak
bo‘ladigan ko‘nikma va malakalami shakllantiruvchi mutaxassis.
Bolalar psixologiyasi fani o ’qituvchisiga barcha pedagoglarga
qo‘yiladigan umumiy talablardan tashqari yana quyidagi talablar
qo‘yiladi:
1. Umumiy va bolalar psixologiyasidan tashqari psixodiagnostika,
psixokorreksiya, psixologik maslahat, maxsus psixologiya bo’yicha
bilimga ega bo‘lish;
2. Maktabgacha tarbiya muassasasi tarbiyachisining ish faoliyatiga
Do'stlaringiz bilan baham: |