qonuniyatlarining mazmuni, psixik taraqqiyotda bola faoliyati va
ijtimoiy munosabatlarning ahamiyati bilan bog‘liq masalalarni
o ‘qitish metodikasi.
4. Maktabgacha yosh davrida bola shaxsining taraqqiyoti, bola xulq-
atvorining motivlari, bola shaxsi ma’naviy sifatlarining shakllanishi,
bola hissiyotlari va irodasining rivojlanishi bilan bog‘liq masalalami
o‘qitish metodikasi.
5. Maktabgacha yosh davrida bola aqliy taraqqiyoti, bola nutqining,
diqqatining, xotirasi va xayolining, shuningdek, tafakkurining
rivojlanishi, bola sensor rivojlanishi bilan bog‘liq masalalami o ‘qitish
metodikasi.
6
. Bolaning maktabga psixologik jihatdan tayyorlash bilan bog‘liq
masalalami o ‘qitish metodikasi.
Mazkur bo‘limlami o‘qitish metodikasi pedagogika fani yutuqlari
va bo‘lim mazmunidan kelib chiqib belgilanishi lozim bo‘ladi.
16.3. Bolalar psixologiyasi fanini o‘qitish metodikasining asosiy
tamoyillari
Ta’lim jarayoni samarali tashkil qilinishi uchun o ‘qituvchi
muayyan qoidalaiga-o‘qitish tamoyillariga rioya etishi kerak. Bolalar
psbcologiyasi va uni o‘qitish metodikasi fanini o‘rgatishda qanday
tamoyillaiga rioya qilinishi lozimligini o ‘rgatish bilan bir qatorda
o‘zi ham muayyan qoidalarga rioya etmog‘i lozim. Bu qoidalar
quyidagilardan iborat:
1. Bolalar psixologiyasi va umumiy psixologiya fanlari bo‘yicha
egallangan talabalar bilimiga tayanish;
2. D idaktika sohasida erishilayotgan yutuqlar, ishlab
chiqarilayotgan yangi metodlardan faol foydalanish;
3. Talabalarda fanni o‘qitishjarayoniga ijodiy yondashish ehtiyojini
shakllantirib borish;
Do'stlaringiz bilan baham: |