faollashtirilishi
muhokama qilinuvchi muammolar haqidagi turli nuqtai
nazarlaming tahlil qilinishi
asosiy g‘oyalar va fikrlaming aniqlashtirilishi, xulosalaming
shakllantirilishi
talabalaiga tinglash, fikrlash va axborotni qisqacha yozish borish
imkoniyatining yaratilishi
auditoriya bilan pedagogik aloqa o‘matilishi, didaktik materiallar
va texnik vositalaming qo‘llanishi
matnning asosiy materiallari, konspekti, chizmalari, grafiklari,
jadvallaridan foydalanishi.
18.4. Ma’ruza turiari
1. Kirish ma’ruzasi. Bunday turdagi ma’ruza o‘rganiladigan fan
yoki kurs haqidagi dastlabki yaxlit tasawumi hosil qiladi va talabaning
mazkur sohadagi faoliyati uchun yo‘nalish beradi. Kirish ma’ruzasida
ma’ruzachi talabalami kursning maqsad va vazifalari, boshqa o‘quv
fanlari va mutaxassislami tayyorlash tizimidagi o‘mi bilan tanishtiradi.
Qisqacha kurs mazmuni, bu sohadagi bilimlaming tarixiy taraqqiyoti,
bu yo‘nalish bo‘yicha izlanishlar olib boigan va olib borayotgan
olimlar, ularning yutuqlari, tadqiqotlarning istiqbolli yo‘nalishlari
haqida ma’lumot beradi. Shuningdek, mazkur ma’ruzada kurs
doirasida amalga oshiriladigan ishning metodik va tashkiliy tomonlari
bayon etiladi, o‘rganish uchun tavsiya qilinuvchi adabiyotlar ro‘yxati
taqdim etiladi, kurs muddatlari va tashkiliy shakllari aniqlashtiriladi.
2. Axborot ma’ruzasi. Bunday turdagi ma’ruzada talabalarga
tushunish va eslab qolish talab etiluvchi ilmiy axborot bayon etiladi
va tushuntiriladi. Axborot ma’ruzasi oliy maktab amaliyotida eng keng
tarqalgan ma’ruza turidir.
3. Umumiy ma’ruza. Bunday turdagi ma’ruza muayyan kurs yoki
uning ma’lum qismi yuzasidan egallangan bilimlami umumlashtirish,
Do'stlaringiz bilan baham: |