faoliyatida ta’siming aylanma usullari ustunlik qiladi;
talabalar o‘quv dasturini o‘zlashtirishida ularda mustaqillikni
rivojlantirishi uchun sharoit yaratadi;
pedagogik ta’sir etishning xilma-xil turlaridan foydalanadi;
muloqotning demokratik uslubidan foydalanadi;
talabalar emotsional-intellektual sohalarining rivojlanishiga
urg‘u beradi;
talabalarni faollikka undaydi, ular bilimlarni o ‘zlari
o ‘zlashtirishlarini ta’minlashga e’tibor beradi.
Bolalar psixologiyasi fani o ‘qituvchisi o‘z oldiga qo‘ygan
maqsadlarga erishishi uchun undan yuksak metodik mahorat talab
etiladi. Metodika sohasidagi mahorat ikki katta qismdan tashkil topadi.
Birinchi qism bilim, ikkinchisi tajriba. 0 ‘qituvchi pedagogik tajribasi
ortgan sayin uning metodik mahorati ham takomillashib boradi.
Metodik mahorat asosini tashkil etuvchi bilim esa bolalar psixologiyasi
fanini o‘qitish metodikasini o ‘rganish orqaU hosil bo‘ladi. Nazariy
bilim amaliy tajriba poydevori bo‘lib xizmat qiladi. Yuksak metodik
bilim va amaliy tajriba birgalikdagi yuqori mahoratU o‘qituvchini
shakllantiradi.
0 ‘QUV FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING ASOSIY
SHAKLLARI
18.1. 0 ‘quv faoliyatini tashkil etishning asosiy shakllari
Ta’limni tashkil etishning asosiy shakli maktabda dars, oliy o‘quv
yurtida ma’ruzadir.
0
‘quv faoliyati vazifalari va metodlarga bog‘liq
ravishda ta’limni tashkil etishning aynan bir shakli o‘z tuzilishini va
tarkibini o ‘zgartirishi mumkin. Masalan, dars, o ‘yin-dars,
konferentsiya-dars, munozara-dars kabi ko‘rinishlarda, ma’ruza esa
muammoli ma’ruza, binar ma’ruza, telekonferensiya-ma’ruza kabi
Do'stlaringiz bilan baham: |