organizmning hissiy aks ettirish apparatlarini analizatorlar deb ataydi.
Mana shuning uchun har bir sezgi organi analizatorlaming barcha
qismlarini o‘z ichiga oladi. Ma’lumki, akademik I.P.Pavlov ta’limotiga
ko‘ra, har bir analizator asosan uch qismdan iborat: 1) tashqi
ta’sirlami qabul qilib oluvchi periferik qism (bu odatda retseptor
deb yuritiladi); 2) taassurotni markazga olib bomvchi (afferent) va
markazdan tegishli javob reaktsiyasini olib qaytuvchi (efferent) nerv
tolalari; 3) analizatoming orqa yoki bosh miyadagi markaziy qismi.
Sezgi mana shu qismlaming yaxshi va ravon ishlashiga bog‘liqdir.
Analizatorlaming bironta qismi ishdan chiqsa, sezish bo‘lmaydi.
Demak sezishning fiziologik asosida analizatorlar ishidan iborat
bo‘lgan organizmning reflektor faoliyati yotadi.
Analizatorlaming asosiy vazifasi organizmga ta’sir etayotgan turli
qo‘zg‘ovchilami ayrim bo‘laklarga ajratishda, ya’ni analiz qilishdan
iboratdir. Shuning uchun ham sezgi oiganlari analizatorlar deb ataladi.
Sezgi va idrok rivojlanishi boshqa, tobora qiyinroq bo‘lgan bilish
jarayonlarining (xotira, xayol, tafakkur) paydo bo‘lishi uchun zamin
yaratadi. Rivojlantirilgan sensorika zamonaviy odamning amaliy
faoliyati takomillashuvining asosidir.
Sensor tarbiya haqidagi sobiq sovet psixologlarining fikri g’arb
olimlari fikrining psixologik asoslaridan printsipial tarzda farq
qiladi.
Har ikki tomon nuqtai nazarlari, awalambor, bola sezgisi va
idroki rivojlanishini harakatga keltiruvchi sabablar va ulaming bu
jarayondagi tarbiyaviy rolini tushuntirishda farqlanadi. Ko‘pgina g’aib
psixologlari sensor jarayonlar go‘yoki bolada tayyor holda tug‘ma
Do'stlaringiz bilan baham: |