Z nishanova, G. Alimova


organizmning hissiy aks ettirish apparatlarini analizatorlar deb ataydi


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/168
Sana18.08.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1668015
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   168
Bog'liq
nishonova z. bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi

organizmning hissiy aks ettirish apparatlarini analizatorlar deb ataydi. 
Mana shuning uchun har bir sezgi organi analizatorlaming barcha 
qismlarini o‘z ichiga oladi. Ma’lumki, akademik I.P.Pavlov ta’limotiga 
ko‘ra, har bir analizator asosan uch qismdan iborat: 1) tashqi 
ta’sirlami qabul qilib oluvchi periferik qism (bu odatda retseptor 
deb yuritiladi); 2) taassurotni markazga olib bomvchi (afferent) va 
markazdan tegishli javob reaktsiyasini olib qaytuvchi (efferent) nerv 
tolalari; 3) analizatoming orqa yoki bosh miyadagi markaziy qismi.
Sezgi mana shu qismlaming yaxshi va ravon ishlashiga bog‘liqdir. 
Analizatorlaming bironta qismi ishdan chiqsa, sezish bo‘lmaydi. 
Demak sezishning fiziologik asosida analizatorlar ishidan iborat 
bo‘lgan organizmning reflektor faoliyati yotadi.
Analizatorlaming asosiy vazifasi organizmga ta’sir etayotgan turli 
qo‘zg‘ovchilami ayrim bo‘laklarga ajratishda, ya’ni analiz qilishdan 
iboratdir. Shuning uchun ham sezgi oiganlari analizatorlar deb ataladi.
Sezgi va idrok rivojlanishi boshqa, tobora qiyinroq bo‘lgan bilish 
jarayonlarining (xotira, xayol, tafakkur) paydo bo‘lishi uchun zamin 
yaratadi. Rivojlantirilgan sensorika zamonaviy odamning amaliy 
faoliyati takomillashuvining asosidir.
Sensor tarbiya haqidagi sobiq sovet psixologlarining fikri g’arb 
olimlari fikrining psixologik asoslaridan printsipial tarzda farq 
qiladi.
Har ikki tomon nuqtai nazarlari, awalambor, bola sezgisi va 
idroki rivojlanishini harakatga keltiruvchi sabablar va ulaming bu 
jarayondagi tarbiyaviy rolini tushuntirishda farqlanadi. Ko‘pgina g’aib


psixologlari sensor jarayonlar go‘yoki bolada tayyor holda tug‘ma 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling