Z nishanova, G. Alimova


Ta’lim jarayonida savodxonlikning rivojlanishi


Download 485.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/74
Sana31.01.2024
Hajmi485.46 Kb.
#1831139
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74
Bog'liq
Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi. Nishonova Z, Alimova G

11.2. Ta’lim jarayonida savodxonlikning rivojlanishi
Ona tilidagi tovushlarni o‘zlashtirishda nutqning sensor asosi — 
fonematik eshitishning rivojlanishi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi. 
Fonematik eshitish deganda, nutq tovushlarini idrok etish, so'zlar 
tarkibida ulami har xil ma’noU birliklar sifatida birlashtirish va ajratish 
tushuniladi.
N.X.Shvachkin bolalar fonematik eshitishini dastlabki rivojlanish 
bosqichlarida o£iganib, 1-7 yoshdayoq fonematik eshitish shaldlanib 
boiishini isbotladi. Bu davrga kelib, bola atrofdagi kattalar nutqining 
tarkibidagi barcha fonematik xususiyatlami farqlab oladi. Shuning uchun 
atrofdagUaming to‘g‘ri va noto‘g‘ri talaffuzini payqay oladi. Bog'cha 
yoshidagi bola noto‘g‘ri talafiuz etilgan so‘zlami asta-sekin farqlamay 
qo‘yadi. Bolada so‘zlar va tovushlaming fonetik obrazlari shakllanadi. 
Bu davrda bolalar nutqning fonetik tomoniga katta diqqat bilan qaraydi.
L.EJurovaning fikricha, bolalami til olamiga o‘rta bog‘cha yosh 
davrida, ya’ni til xususiyatlarini ayniqsa, o‘tkir his etish davrida 
olib kiigan ma’qul. L.E Jurova va N.V.Durovalaming eksperimental 
tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, 4 yoshli bolalar nafaqat so‘z 
tarkibidagi tovushlarni intonatsion ajratib olishni, balki jarangli va 
jarangsiz undoshlami farqlashni, so‘zdagi birinchi tovushni aytib 
berishni o‘rgana oladilar. Bu esa 5 yoshli bolalarda tovushlarni tahlil 
etish ko‘nikmalari rivojlanishining muhim zaruratidir.
Nutq juda erta bolaning va atrofdagilaming amaliy faoliyati bilan 
bog‘lanib L.S.Vigotskiy aytganidek, anchagina erta amaliy tafakkur 
vositasiga aylanadi. Boshqacha qilib aytganda nutqning amaliy faoliyati 
bilan aloqadorlik shakllaridan biri bo‘lajak harakatlami rejalashtirish, 
kechayotgan harakatlarga nutqning yo‘ldosh bo‘lishi va harakat 
natijalarini nutq vositasida ta’kidlab qo'yishda namoyon bo'ladi. 
Bulaming bari esa aqliy faoliyatning shakUanishi uchun juda zarur.
71


Bog‘chagacha davming oxiri kichik va o'rta bog'cha davrlarda nutq 
bolaning amaliy faoliyati tarkibiga tez-tez kirib turadi.
Bog‘cha yosh davrda bola o‘zining harakatlari, ularda ishlatayotgan 
buyumlari haqida hech kimga murojaat qilmay aytib beradi, 
kelajakdagi harakatlarini rejalashtiradi va natijalami analiz qiladi. 
(“Qo'g'irchoq uxlayapti”, “Mashinani tuzatishsa, u yuradi ”, 
“Odamcha yiqilib ketdi, hozir men uni ko'tarib qo‘yaman”). Bunda 
nutq muloqot uchun xizmat qilmaydi. Bunday turdagi nutqni J.Piaje 
“egotsentrik nutq” deb atadi. J.Piajening fikricha, egotsentrik nutq 
bola tafakkurining egosentrik xarakteri, individual nutqning hali 
etarlicha ijtimoiylasha olmaganligi natijasidir.
Biroq L.S.Vigotskiy shuni isbotladiki, egotsentrik nutq J.Piaje 
aytganidek ijtimoiylashgan nutqqa qarama-qarshi nutq emas, balki 
o ‘z tabiatiga ko'ra u ham ijtimoiy nutqdir. Uning paydo bo‘lishiga 
sabab hali bolaning o'ziga va o‘zgalarga yo‘naltirilgan nutqni o‘zaro 
farqlay olmasligidadir. Egosentrik nutqning yuzaga kelishi kichik 
bog'cha yoshidagi bolalaming kattalar bilan hamkorlikda faoliyat 
qilishga moyil bo'lishlari bilan bog'liq. Bolaning mustaqil faoliyat 
ko'rsatishi qanchalik sust bo'lsa, ushbu moyillik yuqori bo'ladi. 
Egotsentrik nutq esa kattalar bilan hamkorlik qilishning o'mini 
bosuvchi o‘ziga xos nutqiy o‘rinbosor vazifasini bajaradi.
Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, egotsentrik nutq faoliyatni 
rejalashtirish vazifasini ham bajarar ekan. Bola oldindan o ‘z 
faoliyatining maqsad-muddaosini og'zaki ifodalaydi. So'ngra faoliyatni 
bajarish davrida olingan natijalami og'zaki qayd etadi, og'zaki 
ravishda yangi harakatlami rejalashtiradi, duch kelgan qiyinchiliklami 
bartaraf etadi.
Bog'cha yoshining oxiriga kelib, bolaning mustaqil faoliyati 2 
bosqichdan iborat bo'ladi:
1) og'zaki tarzda qaror qilish va faoliyatni rejalashtirish;
2) tuzilgan reja va qabul qilingan qarorlarga muvofiq faoliyatni 
amalga oshirish. Bunda egotsentrik nutq asta-sekin yig'ilib, 
interiorizatsiyalanib (ichki tomonga yo'nalib), 5-6 yoshli bolalarda 
ichki nutqqa aylanadi.
Bola faoliyati va muloqotidagi yangi-yangi ehtiyojlar ongni
72


intensiv ravishda o'zlashtirishga sabab bo'ladi. Bola nutqi borgan slari 
mazmunliroq bo‘lib boradi. Situativ nutq — kichik bog'cha yoshdagi 
bola nutqining asosiy shakli asta-sekin kontekst nutqqa, axborot 
beruvchi nutqqa o'mini bo'shatib beradi. Kontekst nutq bu nutqni 
suhbatdosh faqat til vositalari asosida, vaziyat (situatsiya) ga 
tayanmay turib tushuna olishi bilan xarakterlanadi.
Nutqning kontekst shakli fikming to'laligicha, mantiqiy to'g'ri 
ketma-ketlikda bayon etilishini, yangi grammatik shakllarning 
qo'llanilishini taqozo qiladi. O'z tuzilishiga ko'ra kontekst nutq yozma 
nutqqa yaqinlashadi. Kontekst nutqning muhim xususiyati uning 
ixtiyoriyligidir.
Bog'cha yoshidagi bolalami savodxonlikka o'igatish bo'yicha olib 
boriladigan ishlar D.B.Elkonin ishlab chiqqan nazariy tamoyillarga 
asoslanadi. Savodxonlikka o'igatishning bog'cha yoshiga mo'ljallangan 
shald va metodlari D.B.Elkonin metodi asosida L.EJurova tomonidan 
ishlab chiqilgan.
Bolalar tomonidan savodxonlikni egallash imkoniyatlari va 
xususiyatlarini o'rganishga hamda buning uchun eng optimal yosh 
davrini aniqlashga qaratilgan maxsus tadqiqotda N.S.Voronsova 5-6 
yoshli bolalar savodxonlikni o'rganishda tanlovchan tipdagi qabul 
qilish xususiyatiga ega ekanligini, 6 yoshdan esa o'qishga e’tiborli 
bo'lishini aniqladi. Shundan kelib chiqib, N.S.Voronsova 5 yoshni 
tovushlami analiz qilishga o'rgatishning eng optimal davri, 6 yoshni 
esa o'qishga o'rgatishga eng optimal (eng yaxshi va qulay) davr 
ekanligini ta’kidladi.
Shunday qilib, b o g 'c h a yosh davrining eng m uhim
xususiyatlaridan biri 4-5 yoshlarga kelib, nutqning rejalashtirish 
funksiyasi paydo bo'lishidan iborat. Dastlab rejalshtirish og'zaki tarzda 
amalga oshirilsa, keyinchalik bog'cha yoshining oxirlarida ichki nutq 
orqali rejalashtirish boshlanadi.

Download 485.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling