Z nishanova, G. Alimova
XAYOLNING BOLALARDA RIVOJLANISHI
Download 485.46 Kb. Pdf ko'rish
|
Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi. Nishonova Z, Alimova G
73
XAYOLNING BOLALARDA RIVOJLANISHI XII - BOB 12.1. Bolalar xayolining xususiyatlari Yangi tug‘ilgan chaqaloq bolalarda hali xayol bo‘lmaydi. Xayolning rivojlanishi uchun bolaga turmush tajribasi, tasawurlar zaxirasi hamda juda ko‘p bilimlar ketak bo‘ladi. Tajriba esa bolaning tashqi olamdagi narsa va hodisalami o‘zi ko'rsatishi, voqelik hamda turli sohalarga doir tasawur hosil qilishi katta odamlar bilan keng munosabatda bo‘lishi natijasida ortib boradi. Xayol jarayonining dastlabki ko'rinishlari bolada ikki yoshga to‘lib, uch yoshga qadam qo‘yganida ko'rina boshlaydi. Ikki yoshli bolalarda ko'rinadigan dastlabki xayol ma’lum bir maqsadni ko‘zlamaydigan ixtiyorsiz xayoldir. Til chiqishi bolalarda xayol jarayonining o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ana shu davrdan boshlab bola tevarak-atrofdagi kishilaming so‘zini yaxshi tushunadigan bo‘lib o‘zidagi tasawurlar zaxirasini bevosita idrok qiUngan narsalar orqaligina emas, balki katta yoshli odamlar nutqi bilan ham to‘ldirib boradi. Bola o‘ziga tushunarli mavzulardagi hikoya va ertaklami qiziqib tinglaydi. 0 ‘zi asosiy qahramon bo‘lib qatnashadigan hikoyalami jonu-dili bilan eshitadigan bo‘ladi. Bunday hikoya bolaga juda tushunarli bo‘ladi, chunki bola hikoyani eshitib turib, bevosita, o‘zining idrokiga tayanadi. Bu yerda o‘ylab chiqarilgan voqea bolaning o‘zi haqiqatda ishtirok qilgan voqealaiga ulanib ketadi. Bolaning hikoya va ertaklami eshitishga juda ham qiziqishi, hikoya va ertaklami tinglayotganida bolalaming tajribasini orttiradigan va xayolini o‘stirishga yordam beradigan xilma- xil va aniq tasawurlar hosil bo‘lishini ko‘rsatadi. Bolalar xayolining o'sishida nutqning ahamiyati yana shundaki, nutq bolaning yangi taassurotlar hosil qilishi va uni boyitishi bilangina cheklanib qolmay, balki u miyada hosil bo'lgan yangi-yangi obrazlami so‘zlar bilan ifodalashga yordam beradi. Masalan, ikki yarim yoshlardagi qizcha derazalardagi pardalar hilpirab va quyosh 74 nurlarining shu’lalaridan tovlanib turganini ko'rib, o‘zini polga tashlaydi va qarang, oyi, go‘yo dengizga o‘xshaydi. Men cho'milayapman...” deydi. Bola nutqida shu go'yo so‘zining paydo bo'lishi juda ham xarakterlidir. Bola xayolidagi vaziyatni shu so‘z bilan ifodalaydi, real narsalar bilan xayolidagi narsalami bir-biridan ajratadigan bo'ladi. Bolalar xayolining dastlabki rivojlanishida ular o‘yinining roli juda kattadir. Ulaming yoshi ulg‘aygan sari ular o‘yinining mazmuni ham o'zgarib boradi. Ikki yoshga to'lish oldidan bolalar o‘yinida muhim o£zgarishlar ro'y beradi. Manpulyatsiya o‘yinlari bilan bir qatorda tasviriy o'yin elementlari ham paydo bo'ladi. Bola turmushda ko‘rgan ish harakatlarini o'z o'yinida aks ettiradi. Masalan bola qo‘g‘irchog‘ini “ovqatlantiradi” , yotqizib “u x latad i” , uni “erkalaydi”, “arg'imchoqda” uchiradi. Bola katta bo'lgan sayin o'yinda katta yoshli kishilaming harakatlariga taqlid qilish tobora ko'p o'rin egallay boshlaydi. Ayni vaqtda o'yinlar murakkablashib, mazmuni ham turli-tuman bo'la boradi. Masalan, bola o'ziga g'amxo'rlik qilayotgan onasining xarakatlariga, duradgor, shofyor, sartaroshning harakatlariga taqlid qila boshlaydi. Bog'chagacha tarbiya yoshidagi bolalaming harakatlarida tasviriy faoliyat elementlarining paydo bo'lishi xayolning o'sayotganligidan dalolat beradi. Masalan, bola bir nimalami qog'ozga chizib, nimanidir tasvirlashga urinib ko'radi. Lekin dastlab bunday chizmakashlik faoliyati almoyi-aljoyi chiziqlar chizishdangina iborat bo'ladi. Ikki yoshga to'lganda bog'chagacha tarbiya yoshidagi bolaning tasviriy faoliyatida yangi, muhim element paydo bo'ladi. U endi o'zi chizayotgan rasmiga nom beradigan bo'ladi. Tasviriy faoliyatining yuzaga kelishi bog'chagacha tarbiya yoshidagi bolaning tasawur xayolini o'stirishga yordam beradi. Ammo bu yoshda xayolning dastlabki nihollarigina paydo bo'la boshlaydi. Bu nihollami diqqat-e’tibor bilan doimo parvarish qilib turish tarbiyachi va ota-onalaming vazifasidir. Bog'cha yoshidagi bolalarda xayol bir xilda rivojlanmaydi. Agar kichik yoshdagi bog'cha bolalarida asosan tiklovchi xayol o'sgan bo'lsa, o'rta va katta yoshdagi bog'cha bolalarida xayolning ijodiy turj ham o'sa boshlagan bo'ladi. 75 Bolaning bog‘cha yoshida harakat doirasining kengayishi, bilimlarining ortishi, turli xil yangi ehtiyoj va qiziqishlaming paydo bo'lishi unda xayol jarayoni birmuncha tez sur’at bilan rivojlanishiga olib keladi. Shuning uchun bog‘cha yoshidagi bolalaming xayol qilish qobiliyatlari bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalar xayolidan har tomonlama ustun turadi. Download 485.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling