Z. T. Taxirov nashr jarayoni asosiy bosqichlari


Olov so‘zi ishtirok etgan quyidagi jumlalarga e’ti­ bor qilaylik: “Yo'lchi quyoshning olov selida cho‘milib to'nka kovlar...”


Download 6 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/167
Sana24.10.2023
Hajmi6 Mb.
#1718351
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   167
Bog'liq
Nashr jarayoni asosiy bosqichlari. Taxirov Z.T.

Olov
so‘zi ishtirok etgan quyidagi jumlalarga e’ti­
bor qilaylik:
“Yo'lchi quyoshning olov selida cho‘milib to'nka kovlar...”, 
“Daraxtlarda engil olov pardasi fitraydi”, “U ham yaqinda 
kichkina olovday bola ed i”, “Bir xotin “Jon er, jon olov’’ degan 
ekan ”, "Bu (gap veksel haqida bormoqda) zaharli nayzaday, balki 
undan ham о ‘tkir narsa
... 
Bu olov, yondiradi, kuydiradi.... ”
Birinchi jumladagi 
olov seli "quyosh nuri”
ma’no ifodasini, 
ikkinchi jumladagi 
olov pardasi “oftob hovuri”
ma’no ifodasini, 
uchinchi jumladagi 
olovday bola
birikmasi 
“sho ‘x bola ”
ma’no 
ifodasini, to‘rtihchi jumlada 
olov
o‘z denotativ ma’nosi ifodasini 
bergan, beshinchi jumlada 
olov
veksel so‘ziga sinonim tarzda 
qo‘langan, aslida bu ikkisi leksik sinonim emas, bunda kontekstual 
sinonim hodisasi yuz bergan.
“Qutlug - qon ” romanida adib Yo‘lchi tog‘asinikida kutib olgan
birinchi oqshomini shunday tasvirlaydi:
238


“Quyosh yashiringan bo ‘Isa ham, kunduzning yorug'i hali ta-* 
mom so ‘nmagan edi. Allaqanday mayin, muloyim jimjitlikni atrofda 
sigir, buzoqlarning та ’rashi, daraxtlar orasidan qushlarning ora- 
sirayangrab, yana bir zumda tingan sayrashi seskantiradi. Hamma 
narsa horg'in, mudrashga boshlagan k a b i... Allaqanday payonsiz 
g'arib oqshom... ”.
Mazkur parchada “
yashiringan”, “s o ’nmagan”, “muloyim, 
mayin jim jitlik”, “seskantiradi” “xorg'in, mudrash"
kabi so‘z va 
so‘z birikmalari ijodkor tomonidan o‘ziga xos uslubda foydalanilib, 
shunday manzara xosil qiladiki, u bosh qahramon YoMchining 
misoli umr oqshomiga o‘xshaydi. Adib yuqorida biz qayd etgan 
so‘zlarga olam-olam ma’no yuklaydi. Yo'lchi umrining tongi 
beg‘ubor bolaligi, kunduzi, erkin, tashvishsiz yorug4, qismi tugab, 
go‘yo mavhumliklar to‘la oqshomi boshlangandek. U bir parcha 
yeridan ajraladi, onasi, singlisi va o‘zini boqish uchun hech vaqosiz 
qoladi, najod izlab tog‘asinikiga keladi. Ammo ... uning quyoshi 
mana shu tog‘asinikida (umrining oqshomida) so‘nadigandek 
(uning quyoshi Gulnor edi). Agar bu bir tomondan ayriliqdan darak 
bo‘lsa, hali kunduzning yorug‘ligi tamom so‘nmagani qandaydir 
umiddan nishona edi. Hali tamom so‘nmagan kunning yorug‘ligi 
balki uning Gulnomi uchratishi, zulm ila haqsizlikka to‘la, har 
tomondan zahar yog‘ilib turganda baxt degan narsadan umidvor 
bo‘lishlik tuyg‘usimikan!? Hatto qushlarning yangroq sayrashi 
ham kishini havotirga soladi, ulaming tuyqusdan jim bo‘lib qolishi 
qandaydir mash’um intiho arafasidek tuyuladi. Yo‘lchining baxt 
qushi - Gulnor ham avji sayroqlik pallasida to‘satdan jim bo‘lib
239


qoladigandek. Hamma narsaning horg‘inligi, mudrab ketayotgan, 
kechgacha to‘nka kavlagan (hayot zarbalaridan tinkasi qurigan) 
Yo‘lchining tiriklik, tiyrakligi tugab, hayot bilan vidolashish onlari, 
abadiy uyquga ketish oldidan mudroqligiga ishora emasmikan. 
Va, nihoyat, so‘nggi jumla “allaqanday poyonsiz g‘arib oqshom”. 
Yo‘lchi garchi o‘z tog‘asining xonadonida bo‘lsa ham negadir 
о‘zini begona yurtda, begona kishilar orasiga tushib qolgan musofir- 
g‘aribdek xis etadi. Chunki, u bu yerda o‘ziga bir jonkuyami 
uchratmaydi (tog‘asi, tog‘avachchalari, Nurining unga qay ko‘z va 
qay maqsadda nazar solganlarini ko‘z oldingizga keltiring). О‘zini 
g‘aribdek sezgan Yo‘lchining tog‘asinikidagi g‘arib oqshomi qan- 
cha davom etar ekan? Ijodkor mavhumlik, oldidagi qorong‘ulik 
qachon, qanday tugashidan xabarsiz Yo‘lchining bu oqshomini 
“poyonsiz” ekaniga ishora qiladi, xatto, bu ikki so‘z orasiga tinish 
belgi ham qo‘ymaydi, bu bilan oqshomni ham poyonsiz, ham 
g‘arib emas, balki g‘aribligining poyoni yo‘qligini ta’kidlamoqchi 
bo‘ladi.
Tabiiyki, bor umidlari qirqilgan inson uchun о‘zlarining bu 
damlari hech tugamaydigandek tuyuladi. Ammo shunday paytlarda 
ham inson uchun qanday dir umid uchqunlari pay do bo‘ladi.
Yo‘lchi Mirzakarimboy tog‘asinikida qancha vaqt turgan bo‘l- 
sa, umrining g‘arib oqshomi shuncha muddat davom etadi. Tog‘a- 
sinikiga kelishi, uning quyoshi botishi bo‘lsa, quyoshning hali 
so‘nmagan yog‘dusi, - umid uchqunlari Gulnorga bo‘lgan pokiza 
sevgisi edi. Ammo ufqqa bosh qo‘ygan quyoshning botishi, kunduz 
o‘mini zulmat egallashi qanchalar haqiqat bo‘lsa, Yo‘lchining ham 
bu g‘arib oqshomida Gulnoming zavol topishi ham shunchalar


haqiqat, chunki qora kuchlar, vaxshiy insonlar unga yashashlikka 
imkon bermaslari aniq. Biz bu parchada ijodkorning - Oybekning 
uslubi nafaqat individual hamda mantiqan teran, badiiyati yuksak 
ekanining guvohi bo‘lamiz. Birgina jumla 

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling