tutash havo gulzori yasaydi. Bog ‘ning quyi tomonida bir chiziqda
saf-saf tortgan baland, adl teraklar bo ‘lib, ular har vaqt mayin
titraydi. qushlar kuylaydi, ariqlarda suvlar, daraxtlarda barglar
kuylaydi
”.
Garchi bu Oybekning nasrda yozgan asari bo‘lsa-da, ammo u
shoirona tabiat egasi bo‘lgan ijodkorligi bois manzara tasvirini
shoirona chizadi. Mabodo qahramonining kayfiyati yaxshi bo‘lsa,
u shunday zavq-shavq bilan
manzara tasviriga kirishadiki, uning
qalami uchidan xali hech bir ijodkoming hayoliga kelmagan
o‘xshatish, jonlantirishlar paydo bo‘ladi.
Yuqoridagi tasvirda
quyosh, yengil shamol, gullar, maysalar o‘ynaydi (jonlantirish),
suv kumushlanadi (o‘xshatish), havo gulzori (yangicha qo‘llash),
suvlar, barglar kuylaydi (personifikatsiya - jonlantirish), teraklar ...
mayin titraydi (jonlantirish, o‘xshatish). Yuqoridagi tasvirlar, faqat
Oybekona ijodiyot - san’at namunasidir. Endi boshqa tasvirga
e’tibor beraylik:
“...Bu yigitga so ‘z uqtirishdan foyda yo ‘qligini bildi-da, uning
yoqasiga chang solib, keskin bir siltash bilan paxsa devorga urdi.
Shu vaqtda Yo ‘Ichining ко ‘kragiga qattiq va salmoqli mrnht tushdi.
Yo'lchi ham Qora Ahmadning basharasiga, ко ‘ksiga, qorniga
to ‘qmoqday mushti bilan to ‘xtovsiz tushira boshladi”
Bu parchada butunlay boshqa manzara tasvirlangan, o‘ziga
xos o‘xshatishlar qilingan. Masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: