Z. T. Taxirov nashr jarayoni asosiy bosqichlari
-§. Kitobni reklama (targ‘ib) qilishning
Download 6 Mb. Pdf ko'rish
|
Nashr jarayoni asosiy bosqichlari. Taxirov Z.T.
3-§. Kitobni reklama (targ‘ib) qilishning
ahamiyati va bunda muharriming o‘rni • Kitob reklamasi jamoaviy ish • K o‘rgazmalar, tanlovlar, taqdimotlar o (tkazish • Kitob reklamasida muallif ishtiroki • Nashrga tayyorlanayotgan asar reklamasi Kitobni reklama qilish bir tarafdan odatiy va tushunarli tuyuladi. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida bu termin tez-tez uchrab turadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida nashriyotlaming nashr mahsu- lotlarini, xususan, kitobni targ‘ib qilish tadbirlari tizimidan iborat bo‘lib, nashrga tayyorlanayotgan yoki nashrdan chiqqan kitoblar xususida iloji boricha keng o‘quvchilar ommasiga mumkin qadar qo‘proq ma’lumot etkazish uchun nashriyotning barcha xodimlari ishtirokini talab etadi. Bugungi kunda faoliyat olib borayotgan nashriyotlar, noshirlik ishi bilan shug‘ullanayotgan firmalar kitob reklamasi bilan shug‘ullanishda mutlaqo mustaqil, lekin shu bilan birga, 0 ‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi qonunchilik xujjatlariga muvofiq shug‘ullanishlari, bunda turli vositalardan (ichki, tashqi reklamalar va h.) foydalanishlari mumkin. Ular kitobni reklama qilishda awalo uning mundarijasi, g‘oyasi, umumlashtirilgan tajriba xususida ko‘proq ma’lumot berishlari maqsadga muvofiqdir. Ilmiy asarni targ'ib qilish ilmni targ‘ib qilish, ishlab chiqarish, o‘rta va kichik biznesni targ‘ib qilish demakdir. Badiiy adabiyotni targ‘ib qilish badiiy ijoddagi erishilgan yutuqlami targ‘ib qilish hisoblanadi. Hozirgi zamon noshirlik ishida mazkur 142 sohaga e’tibor kattaligi tabiiydir. Ko‘pgina nashriyotlar tarkibida reklama, tijorat va marketing bo'limlari faoliyat yuritmoqda. Ushbu xizmatlar nashriyot-tahririyat bo‘limlari bilan jips aloqada faoliyat olib borishlari lozimdir. Shundagina kitob reklamasi talab darajasida amalga oshiriladi. Nashriyot o‘z faoliyatidan kutgan daromadni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ladi. Tahririyat xodimlari ko‘pincha o‘z maqolalari bilan matbuot sahifalarida, radio va televidenieda chiqishlar qilib turishlari, kitob savdosi, kitob ko‘rgazmalari, tanlovlar xususida fikrlar bildirib borishlari lozim. Bunday ishlarda, ya’ni nashrdan chiqqan kitoblami ommalash- tirishda muharrir o‘ziga xos alohida o‘ringa ega. Hech ikkilanishsiz aytish mumkinki, bu borada hech kim muharriming o‘mini bosa olmaydi. Chunki nashriyotning birorta ham xodimi kitobning mazmun-mohiyatini, nazariy, amaliy qim- matini, o‘ziga xos jihatlarini uning muharriridan ko‘ra yax- shi bila olmaydi. Vaholanki, kitobni reklama qilish degani uning mundarijasini ochib berishdir, buni hammadan yaxshi muharrir bajarishi isbot talab qilmaydigan hoi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, muharriming kitobni targ‘ib qilishdagi ishtiroki, shun- chaki qo‘shimcha, yordamchi ish emas, balki uning asosiy majbu- riyatlaridan biri hamdir. Kitobning reklamasida uning muallifi ishtirok etishi ham g‘oyat muhim. Albatta, bunga turlicha qarashlar mavjud. Ba’zan kitob reklamasi, qaysidir ma’noda, unga beriladigan baho, har bir muallif ham bu xususda ob’ektiv bo‘lavermaydi, degan xavfsirashlar yo‘q emas. Albatta, bunday mulohaza haqiqatdan unchalik yiroq maqsadi, g‘oyasi, nuqtai nazari izchil va aniq bo‘lmasa, uning asari tuzilish jihatdan puxta - muvaffaqiyatli chiqmaydi. Badiiy asardagi har-bir unsur, voqea, hodisa, vosita hamisha muayyan maqsadga xizmat qiladi, bir-biri bilan ham shaklan ham mazmunan munosabatda bo‘lgan holda mantiqiy bog‘liqlik - uyg‘unlik kasb etadi. Ko‘rinadiki, kompozitsiya asar mazmuni to‘laqonli tarzda ayonlashuvni ta’minlovchi shakliy unsur ekan. Bu unsurdan mohirona foydalanish, ya’ni uni aniq, maqsadga muvofiq tanlash, albatta, har bir ijodchining ijod laboratoriyasini tadqiq etishda asqotadi. Albatta har bir ijodchi o‘zi tanlagan mavzu bo‘yicha asar yaratishda kompozitsiyani o‘zi belgilashiga to‘g‘ri keladi. Lekin ijodchi bu masalaga har qancha individual yondooshmasin, bunda uning tanloviga ijodiy usul, adabiy yo‘nalish, oqim va bularga xos va mos ijod tamoyillari bevosita ta’sir etadi, ijod namunasi shularga bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Masalan mumtoz ijodiyotda asar personajlarining tabiiy xususiyatlari - ijobiy yoki salbiy jihatlari qat’iy belgilangan bo‘ladi va ularga xos jihatlar aniq va yorqin ifoda topgan bo‘lishi shart. Alisher Navoiyning “Layli va Majnun”, “Farhod va Shirin” asarlarida bu hoi yaqqol namoyon bo‘ladi. Bularda asar kompozitsiyasi qaysidir ma’noda bir yoqlamalik kasb etadi. Ya’ni yaxshi, yaxshi, yomon, yoman. Lekin badiiy kompozitsiya ham o‘z o‘rni va ahamiyatiga ega bo‘lib, go‘yo qahramonlar turg‘un holatini aks ettirishga xizmat qiladi. Mumtoz ijodiyotdan farqli o‘laroq hayotiy ijod namunalarining tuzilishiga muayyan tarixiy voqealar turmushtarzi, etnografik, e’tiqodiy omillar o‘z ta’sirini o‘tkazadi, ya’ni ijodchi shulami e’tiborga olgan holda asar kompozitsiyasini tanlaydi. Qahramon mavjud tarixiy voqealar ichida tasvirlanadi. Lekin shuni alohida e’tirof etish lozimki, hayotiy asarlar kompozitsiyasi bir qolipda qotib qolgan emas, balki zamon va makonda, ijod taraqqiyotining turli bosqichlarida badiiy asar kompozitsiyasi turli shakllarga ega bo‘lgan dastlab, badiiy asarni bir qahramon obrazi birlashtirib turuvchi bir necha hikoyalardan iborat tuzilish yetakchilik qilgan bo‘lsa, keyinchalik asar bosh qahramonining oldida qator to‘siqlami paydo qilish va qahramon ulami birin-ketin yengib o‘tishi ustvmlik qilgan. Mazkur tuzilishga ega asarlar XVIII asrdagi badiiy ijod namu- nalariga taalluqlidir. XX asr badiiy ijodchiligida hayotiy asarlar kompozitsiyasida turli-tuman o'zgarishlar kuzatildi. Asar tuzilishi bir qator usul va vositalar tufayli rang-baranglashadi. Bu hoi adabiyotda makon va zamon masalasi dolzarblashganligini anglar tadi. Masalan, Oybekning “Qutlig‘ qon” romanidagi voqealar faqat Toshkent shahrida bo‘lib o'tadi. Abdulla Qodiriyning “0 ‘tgan kunlar” romanida Toshkent va Marg‘ilonda, G‘afur G‘ulomning “Shum bola” asaridagi voqealar esa Toshkent shahri va uning shimolidagi qishgloqlarda kechadi. Zamon masalasiga kelsak “Qutlig‘ qon” asaridagi voqealar 20-asming ikkinchi o‘n yilligi o‘rtalarida, “0 ‘tgan kun”lardagi voqealar 19-asming birinchi у armi oxiri va ikkinchi yarmi boshlarida “Shum bola”ning boshidan kechirganlari 20-asr boshida yuz beradi. Ayrim asarlar ham borki, ularda makon va zamon cheksizdek tuyuladi. Masalan, Sadriddin Aynining “Qullar" romanida 400 yillik voqea, hodisalami qamrab olgan, bir emas bir necha avlod hayoti o‘z aksini topgan. Bunday asar tuzilishini belgilash, qismlar orasidagi tadrijiylik va mantiqiy bog‘liqlikni, uyg‘unlikni belgilash ijodchidan yuksak mahorat va iqtidor talab etadi. Ma’lumki asar kompozitsiyasiga zamon va makondagi ko‘z ilg‘amas ufqlami sig‘dirishda muallif tavsifi, dialog, xotirlash, monolog, ichki nutq, ruxiy kechinmalar, hikoya ichida hikoya, link chekinish va h. usullardan foydalaniladi. Aytaylik Oybekning “Bolalik”, Abdulla Qahhoming “0 ‘tmish- dan ertaklar” asari, Ayniyning “Esdaliklar” asari xotiralar tarzida tuzilishga ega. Sh. Xolmirzaevning “Hayot abadiy” hikoyasi tush ko‘rish shaklidagi kompozitsiyaga ega. Oybekning “Novoiy” romanining tuzilishi oddiy. Matn boblarga ajratilgan va tartib berilgan, jami 37 bobdan iborat. Har bin tuzilishiga ko‘ra o‘ziga xos, qisqacha kirish, xulosa va asosiy qismdan iborat. Ayrim boblar rim raqami bilan (I, II) qismlarga ajratilgan. Aslida har bir bob mustaqil asar (kichik xajmdagi) bo‘ lishi mumkin, ulami asaming bosh qahramoni obrazi birlashtirib turadi, bu asar kompoziyasiga yaxlitlik bag‘ishlaydi. Quyidagi parchaga e’tibor beraylik. Parcha romanning o‘n to‘qqizinchi bobining II qismi bo‘lib, u kompozitsiyasiga ko‘ra mantiqiy mustaqil asar bo4 lishi mumkin. Download 6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling