Z. T. Taxirov nashr jarayoni asosiy bosqichlari


Takrorlash va muhokama uchun savollar


Download 6 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/167
Sana24.10.2023
Hajmi6 Mb.
#1718351
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   167
Bog'liq
Nashr jarayoni asosiy bosqichlari. Taxirov Z.T.

Takrorlash va muhokama uchun savollar
1. Kitobxonlar talabi va fikrini o‘rganish nima uchun zarur?
2. Kitob bozorini o'rganish uchun nimalar qilish kerak?
3. Adabiy tanqid kerakmi?
4. Kitobxonlaming xatlariga kim javob beradi?


3-§. Kitobni reklama (targ‘ib) qilishning 
ahamiyati va bunda muharriming o‘rni
• 
Kitob reklamasi jamoaviy ish
• Ko‘rgazmalar, tanlovlar, taqdimotlar o ‘tkazish
• Kitob reklamasida muallif ishtiroki
• 
Nashrga tayyorlanayotgan asar reklamasi
Kitobni reklama qilish bir tarafdan odatiy va tushunarli tuyuladi. 
Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida bu termin tez-tez uchrab 
turadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida nashriyotlaming nashr mahsu- 
lotlarini, xususan, kitobni targ‘ib qilish tadbirlari tizimidan iborat 
bo‘lib, nashrga tayyorlanayotgan yoki nashrdan chiqqan kitoblar 
xususida iloji boricha keng o‘quvchilar onunasiga mumkin qadar 
qo‘proq ma’lumot etkazish uchun nashriyotning barcha xodimlari 
ishtirokini talab etadi. Bugungi kunda faoliyat olib borayotgan 
nashriyotlar, noshirlik ishi bilan shug‘ullanayotgan firmalar kitob 
reklamasi bilan shug‘ullanishda mutlaqo mustaqil, lekin shu bilan 
birga, 0 ‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi 
qonunchilik xujjatlariga muvofiq shug‘ullanishlari, bunda turli 
vositalardan (ichki, tashqi reklamalar va h.) foydalanishlari mumkin. 
Ular kitobni reklama qilishda awalo uning mundarijasi, g‘oyasi, 
umumlashtirilgan tajriba xususida ko'proq ma’lumot berishlari 
maqsadga muvofiqdir. Ilmiy asarni targ‘ib qilish ilmni targ‘ib qilish, 
ishlab chiqarish, o‘rta va kichik biznesni targ‘ib qilish demakdir. 
Badiiy adabiyotni targ‘ ib qilish badiiy ijoddagi erishilgan yutuqlami 
targ‘ib qilish hisoblanadi. Hozirgi zamon noshirlik ishida mazkur
142


sohaga e’tibor kattaligi tabiiydir. Ko‘pgina nashriyotlar tarkibida 
reklama, tijorat va marketing bo‘limlari faoliyat yuritmoqda. 
Ushbu xizmatlar nashriyot-tahririyat bo‘limlari bilan jips aloqada 
faoliyat olib borishlari lozimdir. Shundagina kitob reklamasi talab 
darajasida amalga oshiriladi. Nashriyot o‘z faoliyatidan kutgan 
daromadni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ladi.
Tahririyat xodimlari ko‘pincha o‘z maqolalari bilan matbuot 
sahifalarida, radio va televidenieda chiqishlar qilib turishlari, kitob 
savdosi, kitob ko‘rgazmalari, tanlovlar xususida fikrlar bildirib 
borishlari lozim.
Bunday ishlarda, ya’ni nashrdan chiqqan kitoblami ommalash- 
tirishda muharrir o‘ziga xos alohida o‘ringa ega.
Hech ikkilanishsiz aytish mumkinki, bu borada hech kim 
muharriming o'mini bosa olmaydi. Chunki nashriyotning birorta 
ham xodimi kitobning mazmun-mohiyatini, nazariy, amaliy qim- 
matini, o‘ziga xos jihatlarini uning muharriridan ko‘ra yax- 
shi bila olmaydi. Vaholanki, kitobni reklama qilish degani uning 
mundarijasini ochib berishdir, buni hammadan yaxshi muharrir 
bajarishi isbot talab qilmaydigan hoi. Shuni alohida ta’kidlash 
joizki, muharriming kitobni targ‘ib qilishdagi ishtiroki, shun- 
chaki qo‘shimcha, yordamchi ish emas, balki uning asosiy majbu- 
riyatlaridan biri hamdir.
Kitobning reklamasida uning muallifi ishtirok etishi ham g‘oyat 
muhim. Albatta, bunga turlicha qarashlar mavjud. Ba’zan kitob 
reklamasi, qaysidir ma’noda, unga beriladigan baho, har bir muallif 
ham bu xususda ob’ektiv bo‘lavermaydi, degan xavfsirashlar 
yo‘q emas. Albatta, bunday mulohaza haqiqatdan unchalik yiroq



Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling