qilingan ishlami baholaydilar. Bundan tashqari, agar zarurat bo‘lsa,
ba’zi narsalami tuzatish, o‘zgartirish mumkin bo‘ladi.
Mazkur
nusxa badiiy va texnik muharrirlar tomonidan ham ko‘zdan
o‘tkaziladi va o‘z fikr-mulohazalarini bildiradilar. “Toza varaq” va
nishona nusxalarda biron bir tuzatish qilish mumkinmi? Yo‘q, al
batta. Faqat tuzatilgan kamchiliklar va ular to‘g‘rilangani aks etgan
varaqchani kitob ichiga joylashtirish mumkin bo‘ladi, xolos.
Garchi kitobga bunday varaqchani ilova
qilish kitob chiqarish
ishida nuqson hisoblansa-da, xatoni ko‘z yumib o‘tkazib yubor-
gandan ko‘ra uning bo‘lgani afzal, har holda kitobxonning ko‘ziga
cho‘p tashlanmaydi.
Nishona nusxa nashriyotning barcha mas’ul va vakolatli xodim
lari
tomonidan imzolanib, tasdiqlanganidan so‘ng, kitob adadi
to‘liq bosiladi va hayot yuzini ko‘radi.
Do'stlaringiz bilan baham: