2-§. Korrektura nusxani o‘qishda muharrir ishtiroki.
•
Qo‘lyozma korrektura nusxasini tayyorlash.
• Sahifa(vyorska), granka va boshqalar.
•
Nishona nusxasiga solishtirish.
•
Tuzatish belgilari.
• Tuzatish turlari.
•
Qistirma varaqcha.
Korrektura so‘zi lotincha bo‘lib, sochma (razryad) tuzatish
degan ma’noni anglatadi. Noshirlik amaliyotida bosmaxona usulida
ko‘paytirish uchun tayyorlangan
materialning imloviy, uslubiy
xatolari va texnik nuqsonlarini tuzatish uchun tayyorlangan nusxa
korrektura deyiladi. Korrekturadan
maqsad - bosilgan matnni
asl nusxaga to‘la mosligini hamda tahrirning badiiy-texnik talab
darajasida bo‘lishini ta’minlashdir. Bosma
shakl suratini nazorat
qilish korrektura matnlar yordamida amalga oshiriladi va ularga
tegishli tuzatishlar kiritiladi. Korrektura
matnlari bir-biridan farq
qiladi. Ulardan biri
grankadir.
Granka bir-biriga bog‘liq,
uzviy
satrlar yig‘indisi, hajm jihatidan belgilanmagan va cheklanmagan
bo‘ladi. Ikkinchisi -
vyorska
- barcha jihatdan kompozitsiyaviy
tugallangan bosma matn tizmasi. Vyorska, tabiiyki, nashr o‘lcha-
miga mos, qat’iy belgilangan hajmda bo‘ladi. Qog‘oz varag'iga
texnikaviy vositalar yordamida
bosilgan va muayyan tartib
berilgan qism-qism
Do'stlaringiz bilan baham: