Z. T. Taxirov nashr jarayoni asosiy bosqichlari


JKratkaya literaturnaya emiklopediya, -Moskva, 1987, 4-j. -257-b


Download 6 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/167
Sana24.10.2023
Hajmi6 Mb.
#1718351
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   167
Bog'liq
Nashr jarayoni asosiy bosqichlari. Taxirov Z.T.

JKratkaya literaturnaya emiklopediya, -Moskva, 1987, 4-j. -257-b.
113


Shunga ко‘га bu ishda o‘ta nozik did, xushmuomalalik va tiyrak- 
lik talab etiladi. Samimiylik keskinlikdan, piching va dashnomdan 
holi bo‘lishi lozim. Xolislik (to‘g‘rilik) albatta zarur, biroq, muallif 
sha’ni kamsitilmasligi, uning, umuman ijodiy imkoniyatiga shubha 
solmasligi kerak.
Muharrir muallifga nisbatan xayrixohlik, hurmat muhitini yuzaga 
kelishida albatta ishtirok etishi, tabiiy. Busiz noshirlik odobini 
tasawur etish mushkul. Muallifga samimiyat nashriyotlaming 
tahririyatdan boshqa bo‘linmalari, xatto, hisobxona tomonidan 
ham ko‘rsatilishi lozim.
Qo‘ lyozma muallifi qay sidir sabablar bilan muharrirga yoqmagan 
taqdirda ham, u o‘z tuyg‘ularini mutlaqo oshkor etmisligi kerak
oshkor etishga haqi ham yo‘q. Muharrir odobiga qo‘yiladigan yana 
bir talab, u kayfiyatga berilmasligi shart, hatto muallifiii ko‘rganda 
unda qanday dir asabiylik uyg*6nsa ham.
Muallif bilan muloqotga kirishish uchun muharrir o‘z sohasining 
yetuk mutaxassisi bo‘lishi, muallif bilan qo‘lyozmani muhokama 
qilishda o‘z bilim saviyasi keng ekanligi bilan ajralib turishi, agar 
o‘z tavsiyalari noto‘g‘ri bo‘lsa, ulardan voz kecha biladigan iroda 
sohibi bo‘lishi kerak.
Takrorlash va mulohaza uchun savollar
1. Tahrirga tayyorgarlik qanday boradi?
2. Muharrir va muallif hamkorlikda qanday vazifalami bajara- 
dilar?
3. Matnga tuzatishlar kiritish qanday hal etiladi?
4. Solishtirib o‘qishdan maqsad nima?


4-BOB

NASHR JARAYONININ G ISHLAB 
CHIQARISH BOSQICHI
Nashr jarayonining ishlab chiqarish bosqichi so‘nggi bora o‘qib 
chiqilgan qo‘lyozmani ishlab chiqarish bo‘limiga topshirish bilan 
boshlanadi, kitob dunyo yuzini qo'rishi bilan yakunlanadi. Bu 
bosqichda tahririy-texnik va chop etish bilan bogUiq ishlar amalga 
oshiriladi va barchasi muharrir nazorati hamda ish jarayonida 
bajariladi. Bunda ikki masalaga e’tibor qaratish lozim: birinchisi
nashriyot nusxasini tayyorlash; ikkinchisi muharriming korrektura 
nusxalarini o‘qishda, tekshirishdagi ishtiroki.
Shu bilan birga muharriming ishlab chiqarish bo‘limi xodimlari 
bilan o‘zaro munosabati ham ko‘rib chiqiladi.

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling