Z. T. Taxirov nashr jarayoni asosiy bosqichlari
duch keladi. Qo‘lyozmaning bayon usuli, shakli hamisha ham
Download 6 Mb. Pdf ko'rish
|
Nashr jarayoni asosiy bosqichlari. Taxirov Z.T.
duch keladi. Qo‘lyozmaning bayon usuli, shakli hamisha ham
talab darajasida bo‘lavermaydi. Shunga ko‘ra matnni muharrir tomonidan adabiy jihatdan ishlash va tuzatish qo‘lyozmani nashrga tayyorlashning eng samarali usuli hisoblanadi. Ilmiy - ahboriy nashrlarda tuzatishlar qilishda muharrir faoliyatining ko‘lami ancha kengdir. Bunda muharrirdan boshqa hech kim ilmiy - axboriy amaliyot talablari bilan yaxshi tanish bo‘lmaganligi uchun qo‘lyozmaga samarali shakl bera olmaydi. Xo‘sh, muharrirlik aralashuvining umuman chenarasi yo‘q, deb tan olish kerakmi? Lekin, bunday o‘ylash to‘g‘ri emas. Qo‘l- yozmaga muharrirlik aralashuvining chegarasi bor. Buni har bir alohida holatda aniq belgilash lozim. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, nashr jaroyonini qo‘lyozmadan holi tarzda tasavvur etib bo‘lmaydi. Matnni qayta ishlab, muharrir iloim ham muallifning matnidan yaxshi bo'lgan talqinni yarata bermaydi. Muallif qo‘lyozma ustida uzoq, xatto, yillab ishlaydi. U material to'playdi, mulohaza qiladi, saralaydi va mviayyan qa- rorga keladi, umumlashtiradi. 0 ‘ta malakali muharrir uchun ham qo‘lyozmani boshqatdan yozish va bunda qimmatli fikr yoki kuzatishlaming qaysidir qismi tushib qolmasligiga hech kim kafolot bera olmaydi. Agar muharrir shunday yo‘lni tutsa, ya’ni qo‘lyozmani bosh qatdan yozib chiqishga kirishsa, muallif matnidan uzilib qoladi va buning oqibati jiddiy noxushliklami yuzaga keltiradi. Istasa, istamasa asar boshqacha mazmun va shakl oladi, muharrir tobora muallif o‘mini egallay boshlaydi. Bunday hoi yuz bermasligi uchun muharrir odobi (etikasi) talablariga rioya etish lozim. Qo‘lyozmani nashrga muvaffaqiyatli tayyorlash, xususan, matnga tuzatishlami kiritish muharrirlik tahlili bo'yicha tavsi- yalarga binoan mazkur ish muallifning faol ishtirokiga ko‘ra amalga oshiriladi. Muallif qandaydir muammoni yoritish bo‘yicha qo‘shimchalar qilishi, aniqlik kiritishi anglashilmovchilikni tu- shuntirishi va boshqa muharrir ishida yuz bergan noaniqliklami aniqlashtirishi mumkin. Xullas, qo‘lyozmaga kiritiladigan barcha tuzatishlar muallif bilan kelishib olinishi kerak. Muallif - muharrir tizimi, bir qarashda ko‘ringandek oddiy emas. 0 ‘ziga yarasha, tabiiy, ziddiyatga ega. Garchi har ikkisi - ham muharrir, ham muallif yaxshi asar chiqarishdan manfaatdor bo‘lsalarda, ayrim umumiy yoki xususiy jihatlarda kelisha olmasliklari mumkin. Eng tajribali muallif ham materialga berilib ketishi, yetarlicha ilmiy ob’ektivlikda chetlab ketishi mumkin. Muallif uchun o‘z asarining har bir mayda- chuydasi, unsuri juda qadrli hisoblanadi, shunga ko‘ra u mviharriming biror unsur, qismdan voz kechish bo‘yicha taklifini qiyinchilik bilan qabul qiladi yohud rad etadi. Muharrir, tabiiyki, ob’ektiv bo‘lishga intiladi, aslida ham shun- day bo‘lishi lozim, u nashrdan chiqqan asar uchun o‘quvchilar, umuman, jamiyat oldida mas’uldir. Ana shu sababli u o‘z talablari ko‘lamini muallif imkon doirasiga muvofiqlashtirolmasligi mum kin. Yana shuni alohida ta’kidlash joizki, muharrir bilan muallif munosabati muayyan qoiyozmani adabiy asar sifatida baholash umumiy mezonlarini taklif etishda shakllanadi. Ba’zan muallif va muharrir tomonidan mezonlar birdek qabul qilinsa-da, ammo mazkur mezonlami muayyan asarga tadbiqi talqinida kelishmovchilik chiqishi mumkin: bin uchun to‘g‘ri, ikkinchisi uchun noto‘g‘ri tuyuladi. Tahrir bosqichida, boshqa hollardagidan ko‘ra, muallif va muharrirdagi o‘ziga xoslik (individuallik) yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Agar biri ortiqcha qiziqqon (hissiyotga berilgan) bo‘Isa, o‘rtadagi munosabat murakkablashadi (keskinlashadi). Yuqorida aytilganlar, bizningcha, muharrir va muallif munosa- batlarining butun murakkabligini tasawur etish uchun yetarlidir. Demak, muharriming muallif bilan hamkorlik qilishidagi o‘ziga xos tartib- qoidalami ya’ni muharrir odobi me’yorlarini belgilash zarurati dolzarblik kasb etadi. Albatta, bu qoidalar huquqiy davlatdan fuqorolik jamiyatiga o'tish tamoyillari, milliy mafkura va milliy qadriyatlar va mentalitet asosida yaratiladi. Muharrir qo4 lyozma mustaqil 0 ‘zbekiston, uning xalqi manfaat- 111 lariga, asar milliy istiqlol, yuksak milliy ma’naviyat, davlat va uning harbiy, iqtisodiy sirini matbuotda, nashrlarda saqlash tamoyillari, shuningdek til va uslub Download 6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling