Z. T. Taxirov nashr jarayoni asosiy bosqichlari
Download 6 Mb. Pdf ko'rish
|
Nashr jarayoni asosiy bosqichlari. Taxirov Z.T.
m e ’y o r la r ig a
to‘liq javob bera oladigan bo‘lishini talab etishga haqligini emas, balki majburhamdir. Lekin, buni qanday amalga oshirish kerak? Buyruqni so‘zsiz bajarish - itoat etish tarzidami? Muassasaviy tartibga ko‘ra shunday lekin, ikkinchi ko'rinishham mavjud-asosli, do‘stonatavsiyako‘rinishida. Muharrirlik ishining mohiyatiga ikkinchi ko'rinish ko‘proq mos keladi. Muharrir bilan muallif o'rtasidagi munosabat boshliq bilan unga bo‘ysunuchi o‘rtasidagi munosabatga o‘xshamasligi lozim. Muharrir hech qachon muallifga ma’muriy tazyiq o‘tkazmasligi kerak. Uning eng ishonchli vositasi ishontirish. Agar bundan oqilona foydalansa, yaxshi natijaga erishishi shak-shubhasiz. Endi, aksi ham bo‘ lishi mumkin. Ishontirishlar muallifga ta’sir etmaydi, u qaysarlik bilan o‘z fikrida turib oladi. Bunda muharrir uchun yangi vaziyat yuzaga keladi. Birmchisida, agar muharrir o‘z fikri to‘g‘riligiga qat’iy ishonsa, bahsni yuqori bosqichga chiqaradi bo'lim boshlig'i, bosh muharrimi munozarani hal etishga chaqiradi. Mabodo, o‘z nuqtai nazariga ishonchi unchali mustahkam bo‘lmasa, da’volarini yana bir karra chuqur o‘ylab ko‘rishi, ehtimol ulami o'zgartirishi mumkin. Muallif muharriming fikriga qo‘shilmasdan o‘z so'zida qat’iy bo‘Isa, bu ikki nuqtai nazarga ko‘ra baholanishi mumkin: birinchisi, muharrir o‘z maqsadini etkaza olmagan, ikkinchisi, muharriming fikri kamchiliklardan xoli-nuqsonsiz emas. Har ikki holda ham qayta ko'rib chiqish va chuqur mulohaza talab etiladi. Muharriming sobitliligi ham oydinlikni talab etuvchi masala hisoblanadi. Muharriming sobitligi, asosan, milliy mafkurani iz- chillik bilan hayotga tadbiq etishda, yurt manfaatlariga sodiqlik, huquqiy kuchli davlatdan fuqarolik jamiyatiga o‘tish g‘oyasiga og‘ishmay amal qilishda namoyon bo‘ladi. Uning g‘oyaviy e ’ti- qodi, milliy g‘ururi, yuksak ma’suliyatni xis etishligi ishdagi har bir jumlada aks etishligi lozim. Lekin, shu bilan birga sobitlikni qay sarlikdan farqlay bilish kerak. Sobitlik har qanday ikir-chikir nuqsonlarga yopishib olish, injiqliklar, har ehtimolga qarshi muxofaza va bo‘lar-bo‘lmas shubhalardan holi bo‘lishi zarur. Ortiqcha ehtiyotkorlik, shubha bilan qarashlik, bular muharrir bilan muallif hamkorligiga putur etkazadi, muallifda o‘z hamkori - muharrirga nisbatan ishonchsizlik uyg‘otadi, oxir-oqibat qo‘lyozmani nashrga tayyorlash ishiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Muharrirning o‘z tanqidiy fikrlarini qay tarzda bayon etishligi, muomala yo‘sini, muharrirlik - noshirlik odobi muallif - muharrir hamkorligida sezilarli ahamiyat kasb etadi. Muharrirlik odobi tanqid odobi bilan ancha umumiy jihatlarga ega. «Adabiy asarlar xususidagi fikrlar tanqidchi zimmasiga muayyan ma’naviy mas’uliyat yuklaydi, achchiqqina tegadigan, xalollik, dalillanganlikni talab etadi. Har qanday chandib olish, me’yordan oshirib yuborish, asossiz qiyoslash, iqtldorini o‘z bilganicha olish, bir yoqlama (o‘z g‘oyasi, nuqtai nazari, saviyasi doirasida) yonda shish, yorliq osish, quruq so‘zdan iborat da’vo - adabiy asar tub mohiyatiga mutlaqo munosib emas»4. Lekin, oldida to‘la yakunlangan, o‘quvchi hukmiga havola qilingan asar turgan tanqidchidan farqli o'laroq muharrir kitobning yaratilishi jaroyonida bevosita ishtirok etadi, bu jaroyonga faol ta’sir ko‘rsatadi. Download 6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling