qo‘shimchalari ko‘p bo‘lgan o‘rinlami tekshirib ko‘rishi uning
majburiyatlaridan hisoblanadi. Yuqorida qayd etilganlarning
barchasi tugagach, qo‘lyozma so‘nggi bor sidirg‘a o‘qishga beriladi
hamda nashr jarayonining ishlab chiqarish bosqichi boshlanadi.
Matn tahriri usullarining turli jihatlarini belgilab beruvchi
muhim masalalardan biri muallifning qo‘lyozmasiga muharrir
qay darajada aralashuvidir. Bunday aralashuv chegarasi bo‘Hb,
muharriming matnni tuzatishigayo‘l qo‘yilgan me’yor hisoblanadi.
Muharrir qo‘lyozmani tahlil va tahrir qilish jaroyonida amalga
oshirilgan barcha tuzatish va o‘ zgartirishlardan muallifni xabardor
qilishi lozim. Qo‘lyozmaning mazmuni shakli xususidagi barcha
muharrirlik ishi an’anaga ko‘ra muallif bilan hamkorlikda amalga
oshiriladi. Tahrir nazariyasi va amaliyoti mazkur hamkorlik-
ning samarali bo‘lishligi qo'lyozmani nashrga tayyorlash muvaf-
faqiyatining garovi ekanligini allaqachon isbot etgan. XXI asr
muharriri shubhasiz o‘tgan asr muharriridan har jihatdan farq qiladi.
Lekin ularning umumiy bir jihati borki, bu makon va zamonda
o'zgarmasdir. U ham bo'lsa, muharriming iqtidori va muallif Mian
hamkorlik. Garchi XXI asrda qo‘lyozmani tahlil va tahrir qilishda
ko'pgina ishlar kompyuter texnikasi va texnologiyasi zimmasiga
yuklatilgan bo‘lsa-da, lekin bu jaroyondagi ijodiy ish va muallif
bilan hamkorlikda muharriming o‘mini bosa olmaydi. Masalan,
asarni ijodiy idroklash vaboyitish, muallif usuli va g'oyasini saqlash.
Turli mavzudagi adabiy asarlar matnini, shu jumladan, savodtitigi
yetarlicha bo‘lmagan jumalistika asarlarini nashrga tayyorlashda
Do'stlaringiz bilan baham: |