• QoHyozmani o ‘qish turlari va ularning ahamiyatu
• Q o‘lyozmani tahrir qilishda muharrir va qo‘lyozma
muallifining hamkorligi.
• Tuzatish mahoratL
• Matndagi xato va kamchiliklarni muallifning о ‘ziga
tuzattirishning ahamiyatu
• Muharrir odobi, obektivligu
• Qo'lyozmaga qo‘yiladigan ijtimoiy-siyosiy talablar.
103
•
Tahrir jarayonida muharriming holis, samimiy bo‘lishi -
asar muvaffaqiyatining garovidir.
Tahrirgacha bo‘lgan barcha jarayonlardan o‘tgan va nashr
etishga qaror qilingan qo‘lyozma tahriri muharrir zimmasidagi eng
mas’uliyatli ijodiy vazifa hisoblanadi. Bu ishning koiami, hajmi,
tavsifi, albatta, birdek emas, mazkur jihatlar adabiyotning turi,
nashming va qo'lyozmaning sifatiga bog‘liq. Noshirlik tajriba-
sidan shu narsa ayonki, hech qachon muallifdan qabul qilib olingan
qo‘lyozma ко‘rib chiqilib baholangach, darhol nashriyot ishlab
chiqarish bo‘limiga o ‘tkazilgan emas.
Qo‘lyozmani nashrga tayyorlash vaqtida barcha tuzatishlar
muallif tomonidan amalga oshirilishi kerak, deb hisoblovchilar
fikriga qo‘shilish qiyin. Bunga harakat qilish kerak, albatta, lekin,
bunday qilinganda ko‘ngildagi natijaga har doim ham erishila-
vermaydi, qolaversa, bunday amaliyot uchun ko‘p vaqt sarf bo‘ladi.
Muharrirda esa buncha vaqtning bo‘lishi orzu doirasida, xolos.
Tahririy tayyorgarlikni talab etmaydigan qo‘lyozma bo‘lishi
mumkin emas.
Hatto, qayta nashrlar ham qaysidir darajada tahrir talab bo‘ladi.
Qo‘lyozmani nashrga tayyorlashda chuqur va har tomonlama
muharrirlik tahlilini talab etadi. Matnga tuzatishlami, boshqa xujjatlar
Do'stlaringiz bilan baham: |