Z. T. Taxirov nashr jarayoni asosiy bosqichlari


Takrorlash va muhokama uchun savollar


Download 6 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/167
Sana24.10.2023
Hajmi6 Mb.
#1718351
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   167
Bog'liq
Nashr jarayoni asosiy bosqichlari. Taxirov Z.T.

Takrorlash va muhokama uchun savollar
1. Muharrir bilan ishlab chiqarish bo‘limi xodimlarining 
hamkorligi nimalarda ko‘rinadi?
2. Ishlab chiqarish bosqichida muharrir qanday muammolami 
kimlar bilan birgalikda hal etadi?
3. Muharrir badiiy muharrir bilan nimalami hal etadi?
4. Muharrir nashriyutdagi qaysi bo‘limlar bilan hamkorlik 
qiladi?’


5-BOB
NOSHIRLIK JARAY ONININ G 
YAKUNLOVCHIBOSQICHI
Nashr jarayonining yakunlovchi bosqichi asar nishona nusxasini 
tasdiqlash bilan boshlanadi va kitob o‘quvchisining qo‘liga borib 
tegishi bilan tugaydi. Mazkur bosqich kitob reklamasi, tarqatilishi, 
shuningdek e’lon qilingan nashrga jamoatchilikning baholash nati- 
jalarini o‘rganishlik kabilami o‘z ichiga oladi.
l-§ . Kitob tarqatish ishining umumiy masalalari
• 
Kitob tarqatish tizimi
• Kutubxonachilik va uning vazifasi
• Kitob savdosi va noshirlik
• Muharrir va marketing
Kitob insoniyat tarixida barcha kashfiyotlaming eng buyugi 
ekanligi bugungi kunda jahon miqyosida tan olingan. U ijtimoiy 
hodisa bo‘lib, o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘qish, o‘rganish va uqish 
uchun xizmat qiladi, undagi g'oya, bilimdan foydalanish kishilik 
jamiyatining takomillashuvini ta’minlaydi. Agar nashrdan chiqqan 
kitob hech kimni qiziqtirmasa, hech kimga keragi bo‘lmasa, unda 
u ortiqcha matohga aylanadi va u kitob deb atalishga loyiq emas.
Kitob o‘zining asosiy, matniy muloqotlik vazifasini bajarishi 
nashmi tarqatishning yaxshi shakllangan tizimi tufayligina amalga 
oshadi.


Tarixan ma’lumki, kitobdan foydalanishning ikki omili mavjud: 
birinchisi, kitoblar jamg‘armasi - kutubxonalar, ikkinchisi, aholiga 
kitob sotishlik. Bu har ikki shakl, qaysidir darajada, biri ikkinchisini 
to'ldiradi.
0 ‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng faqat tashkiliy 
jihatdangina emas, balki ma’naviy-ma’rifiy jihatdan ham awalgi- 
sidan mutlaqo farq qiladigan noshirlik ishi tizimi yaratildi. Shunga 
ko‘ra kitob tarqatish ishida ham tub o‘zgarishlar. yuz berdi. Aytfl- 
ganlar to‘lig‘icha kutubxonalar va kitob savdosiga ham taalluqlidir.
0 ‘zbekistondagi bugungi kutubxonalaming bosh maqsadi, 
umummilliy ilmiy merosni xalqimizga yanada yaqinlashtirish
milliy mafkura, istiqlol g‘oyalari bilan oshno qilish hisoblanadi. 
Bundan tashqari ular kuchli fuqarolik jamiyati, kelajagi buyuk 
0 ‘zbekistonni bunyod etish ishiga sadoqatli komil insonlami -
barkamol avlodni tarbiyalashning faol ishtirokchisiga aylangan.
Kutubxonalar yurtimizda amalga oshirilayotgan chuqur islohot- 
lami, yangilanishlami keng miqyosda taig‘ibot qilish maskaniga 
aylanmoqda. Ulardagi ilm, fan, texnikaga 
aid, 
shuningdek, ma’rifiy 
adabiyotlar jamg‘armasi tobora boyib bormoqda. Kitob savdosi 
tizimida ham tub o‘zgarishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. 
Bugunga kelib, kitob savdosi kitob nashri tizimining ajralmas tarkibiy 
qismiga aylandi. Ana shunday sharoitda muharriming zimmasiga 
alohida mas’uliyat yuklanishi tabiiy. Muharrir nashr jarayonining 
mazkur yakuniy bosqichi da umuman nashriyotning, xususan 
muhari'iming manfaatlari mushtarakdir. Zero, har bir nashrdan 
chiqqan asar o‘z o‘quvchisini topishligidan ular birdek manfaatdordir. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida yaxslii yo‘lga qo‘yilgan kitob savdosi


umumjamiyat, umudavlat ishining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Ana shunday muhim vazifaning muvaffaqiyatli bajarilishi uchun 
nima qilish kerak, degan savol tug‘ilishi tabiiydir. Buning uchun, 
awalo, kitob, talabga ko‘ra, zarur miqdorda chiqarilishi lozim
qolaversa o‘quvchi o‘zi uchun zarur kitob haqida o‘z vaqtida xabar 
topishi kerak. Birinchi masalani aniq tashkillashtirish, ya’ni bozomi 
o‘rganib, uning talabini hisobga olib, miqdomi belgilash yo‘li bilan 
hal etish mumkin. Ikkinchi masalani esa chop etilgan adabiyotni 
samarali targ‘ib-reklama qilish bilan hal etish lozim.
Chiqarilayotgan kitobning mavzuli annotasiyalangan rejasi kitob 
reklamasining boshlanishi hisoblanadi. Kitob reklamasida muharrir 
etakchi o‘rinni egallaydi. U, awalo, muallif bilan hamkorlikda 
kitobga yaxshi nom tanlashi kerak. Bundan tashqari, kitobning haj­
mi aniq bo‘lishi shart, chunki kitobning narxi uning hajmiga ko‘ra 
belgilanadi, bu ma’lum darajada kitob o‘quvchisining qiziqishini 
ham aniqlashtiradi.
Kitob adadini belgilash, uni tarqatish, kitobxonlarga yetkazish, 
ya’ni kitob nashri bo‘yicha asosiy vazifani bajarish ko‘p jihatdan 
annotasiyalangan mavzuli rejaga bog‘liqdir.
Muharrir nashriyotning marketing bo‘limi, kitob savdosi bi­
lan shug‘ullanuvchi tijorat bo‘limi bilan yaqin aloqada faoliyat 
olib borib, kitoblaming tarqatilishi (sotilishi) ishidan ham yaxshi 
xabardor bo‘lishi talab etiladi. Bu bosqich ma’lumotlari keyingi 
yil, umuman istiqboldagi nashrlar taqdirini belgilashda asqotadi. 
Nihoyat kite о adadini belgilashda o‘quvchilar orasida o‘tkaziladi- 
gan so‘rovlar muhim ahamiyatga ega bo‘ ladi. So‘rovnoma natijalari 
ham kitob adadini belgilashning muhim omili hisoblanadi.
136



Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling