Z. T. Taxirov nashr jarayoni asosiy bosqichlari
matnlar majmui. Toza varoq
Download 6 Mb. Pdf ko'rish
|
Nashr jarayoni asosiy bosqichlari. Taxirov Z.T.
matnlar majmui. Toza varoq
- nashr adadini bosish jarayonida olingan, texnika vositalarida matnga tuzatishlar kiritib bosilgan qog‘oz varog'i. Nishona nusha - tayyor bo‘lgan bosma asar, hujjatning ilk na’muna nushasi. Ushbu nusxaga ko‘ra 122 chiqarilayotgan nashr rasmiylashtiriladi va e’lon qilishga qaror qilinadi. Mazkur jarayonning turli bosqichlarida bosmaxona xodimlari tomonidan nashriyotning barcha ko'rsatmalari to‘Ia- to‘kis bajarilganmi, yo‘qmi ekanligi tekshirib chiqiladi va bu nazorat jarayoni razryad solishtiruv deb ataladi. Mazkur nazoratni amalga oshirish uchun alohida ko‘chirma olinadi. Hozirgi davrda tayyorlanayotgan bosma shaklning sifati nashriyot-matbaa ijo diy uylarida - bosmaxona va nashriyot xodimlari tomonidan bir- galikda amalga oshiriladi. Bu jarayonni amalga oshiruvchilar bo‘lib, musahhih (korrektorlar), muharrirlar, dizaynerlar, tahririyat mudirlari, texnik muharrirlar hisoblanadi. Korrektura nusxani albatta muallif ham o‘qiydi. Yuqorida nomlari qayd etilganlar barchasining tuzatishlari aynan bir nusxa - musahhih o‘qigan nusxaga kiritiladi va bu nusha ishchi (asosiy) nusxa ataladi. Agar yuqorida bayon etilgan nusxalaming ko‘plab tuzaiishlarga uchragan varaqlari qayta - toza varaqlar sifatida bosmadan chiqa- riladi va takror nazorat uchun taqdim etiladi. Faqat juda oz tuzatishli toza varaqlargagina boei*hga ruxsat berilib, imzo qo‘yiladi. Adad bosilishi oldidan korrektorlar yana bir marta bosilgan matnni diq- qat bilan o'qib chiqadilar. To‘g‘ri, bu yuqorida aytilgan ishlarning bajarilish shakli, bajaruvchilar tarkibi o‘zgarib turishi mumkin, bir tomondan bozor iqtisodiyoti taqozosi, ikkinchi tomondan malakali mutaxassislar tarkibi bilan bog‘liq. Ba’zan, shunday holatlar uchrab qoladiki, asarni o ‘qisangiz na musahhihlik, na muharrirlik va na texnik muharrirlik ishlari amalga oshirilmagani, adadni bosish oldidan nishona, nazorat nusxalar olinmagani (shunga ko‘ra o‘qib chi- qilmagani) ayon bo‘ladi. Xullas, nashr jarayonining ishlab chi- qarish bosqichidan o‘tmagan asarlar uchrab turadi. Bunga sa- bab, bizningcha, ortiqcha chiqimlardan qochib, muallif barcha mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi va asar qat’iy buyurtma asosida chiqarilishi bo‘lsa kerak. Biz oldingi qismda asl nusxa maketdan kitob chop etish haqida so‘z yuritgan edik va barcha korrektura ishlarini bosish jarayonida amalga oshirilishini ta’kidlagandik. Korrektura nusxalarga tuzatishlar ma’lum shartli belgilar yorda- mida kiritiladi. Tuzatish belgilarini besh turga ajratish mumkin. Birinchisi, almashtirish, olib tashlash, kiritish belgilari; ikkinchisi, bosma unsurlar o‘rnini almashtirish belgilari; uchinchisi, bo‘sh ora- liqni o‘zgartirish belgilari; to‘rtinchisi, xat boshi, ajratib ko‘rsatish belgilari; beshinchisi, bosish va terishdagi texnikaviy xatolami ko'rsatish belgilari. Bulardan tashqari qo‘yilgan belgini inkor etish, aslini qoldirish belgisi ham mavjud. Nashriyot-matbaa ijodiy-uylarida tuzatish belgilaridan foydala- nishda, asosan, quyidagi qoidalarga rioya etiladi: 1. Hato ikki, ayni bir xil belgi yordamida tuzatiladi, belgilaming biri matnga, ikkinchisi esa matndan holi, varaq chetiga, iloji boricha xato aniqlangan satr bilan bir chiziqda qo‘yiladi. Harf yoki tinish belgilar tuzatish belgisining o‘ng tomoniga joylashtiriladi. 2. Agar yonma-yon bir turdagi o‘zgartirishlami amalga oshi- rishga to‘g‘ri kelsa, belgilar bir-biridan farqlantiriladi, ayni bir tik belgida ufqiy chiziqchalar orttiriladi va ular tuzatish kiritiladigan tomon yo‘naltiriladi. 3. Qo‘shimcha ko‘rsatma, bu - qayta terish shart bo‘lmagan qis- mni belgilash uchun qo‘llanadi, bunday joy doiraga olib qo‘yiladi. 4. Agar bir-biriga yaqin satrlarda ayni bir xil bo'lgan xatolar uchrasa, ular nechta bo‘lsa, matnga shuncha bir xil tuzatish belgisi qo‘yiladi, lekin matn chetiga bitta belgi chiqarilib, necha marta tuzatish takrorlanishi yozib qo‘yiladi. 5. Barcha tuzatishlar aniq, ta’bir joiz bo‘Isa, shaklan chiroyli bo‘lsin. 6. Matndagi tuzatiluvchi bilan matn chetidagi tuzatuvchi unsumi tutashtiruvchi chiziq tortish (gazetalarda shunday qilinadi) mutlaqo mumkin emas. Korrektura nusxalarini tekshirishda muharrir asarni у ana bir boshdan sinchiklab, tekshirib chiqishi shart, shu bilan birga musahhihlik tuzatishlarini ham ko‘zdan kechiradi. Bundan tashqari u tasvirlar, jadvallami umuman, nashr shaklini, matbaa ijrosini baholaydi. Xullas, barcha muammolami - musahhihlar, texnik muharrirlar, rassomlar, dizaynerlar va boshqalar qo‘ygan savollami hal etadi. Korrektura nusxaga kiritilgan tuzatishlarni ikki turga ajratish mumkin: nashriyot tuzatishlari va muallif tuzatishlari. Bugungi kun amaliyotida bunday tuzatishlarni amalga oshirish bo‘yicha ikki fikmi uchratish mumkin. Birinchisi, tuzatishlarni kiritishni cheklamaslik, ikkinchisi esa cheklash-chegaralash. Har ikki fikr tarafdorlari o'zlari haq ekanliklarini “kuchli” dalillar bilan tasdiqlaydilar ham. Lekin ko‘p yillik tajriba, shuningdek, bugungi kun iqtisodiyoti shuni ko‘rsatadiki, yuqoridagi har ikki fikr maqbul emas. Agar korrektura nusxada ko'plab tuzatishlar qilishga to‘g‘ri kelsa, bu muallif, musahhih va muharriming kamchiligi, malakasizligi oqibati hisoblanadi. Shu o'rinda, tuzatishlar qilishda biron bir me’yor bormi, degan haqli savol tug‘iladi. Bugungi kunda bunday me’yor yo‘q. Me’yor - iloji boricha xato o‘tkazmaslik, chunki har bir o‘tgan xato nashriyot foydasining qisqarishiga olib keladi. Bunday hollarda ko‘rilgan zarar faqat aybdor (muallif, musahhih, muharrir va b.)lar hisobidan qoplanadi. Agar muallif yoki nashriyot tuzatishlari zarurat bo‘lsa, iloji boricha matnni qayta termaslik yo‘lini izlash lozim. Mabodo, albatta qo‘shimcha qilmaslik yoki qisqartirmaslikning iloji bo‘lmasa, unda o‘sha bir bet yoki ikki-uch betdan, juda bo‘lmagan taqdirda bosma taboqdan chetga chiqmasligi kerak. Agar bir bosma taboq ya’ni 16 bet chegarasidan chiqilsa, bu kengayish va qisqarish bilan bog‘liq surilishlar tufayli turli muammolar kelib chiqadi. Noshirlik tuzatishlarini kiritish o‘ta zarur bo‘lsa, muharrir bunday paytda satrlar surilib boshqa bet, boshqa taboqqa o‘tib ketmasligini ta’minlovchi imkoniyatlardan unumli foydalanishi lozim. Bunday paytda u satrlar qismlariaro bo‘shliqlami toraytirish yoki kengaytirish, xatboshidan oldingi satrdan qolgan bo‘sh o‘rin, sarlavhaga ajratilgan joydan foydalanish shunday imkoniyat hisoblanadi. Ba’zan qo‘shish lozim bo‘lgan belgilar miqdoriga teng belgilarni umumiy mazmunga putur etkazmagan holatda qisqartirish ham mumkin bo‘ladi. Lekin bular barchasi muharrirdan yuqori malaka talab qiladi. Muharrir korrekturani o'qish jarayonida alohida e’tibomi asaming muqovasiga, bosh varag‘i, sarlavhalari (mundarijasi), annotasiyasi, izoh va ilovalariga qaratadi. Xullas, korrektura o‘qish - muharriming muhim vazifasi sanaladi. Mazkur bosqichda muharrir yetakchi maqomini saqlagan holda muayyan kitobni yaratishda qatnashuvchi nashriyot barcha xodimlarining faoliyatini uyg‘unlashtiradi va faollashtiradi. Muharriming Download 6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling